Denni Rouz: “U tabiat mo'jizasi”
19 may 2020 19:15
Yangiliklar


Denni Rouz: “U tabiat mo'jizasi”
“Nyukasl" himoyachisi Denni Rouz “Liverpul”dagi hamkasbi Endi Robertsonni maqtadi.
“Endi Robertson tabiat mo'jizasiga o'xshaydi. Uning har bir o'yinini kuzatib boraman va u har uchrashuvda borini berib o'ynaydi. Aqlbovar qilmas darajada barqaror. U shunchaki ajoyib futbolchi.
4-5 yil oldin “Uayt Xart Leyn”da “Xall”ga qarshi o'ynaganimizda, Robertson va Maguayr raqib safida harakat qilishardi. To'g'risi, o'shanda unga ahamiyat bermagandim. Biroq, “Liverpul”ga o'tganidan keyin, ular uchun eng yaxshi chap qanot himoyachisiga aylandi.
So'nggi 2 yil davomida u Angliya va ehtimol Evropaning eng yaxshi himoyachisidir. O'zimga kelsak, shubhasiz, uning saviyasiga chiqmoqchiman. U eng zo'ri”, deydi Rouz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar