Denisov va SHackix faoliyat yuritayotgan "Rotor"ning RPLda ishtirok etishi uchun qancha mablag' kerak?
16 may 2020 22:08
Yangiliklar


Denisov va SHackix faoliyat yuritayotgan "Rotor"ning RPLda ishtirok etishi uchun qancha mablag' kerak?
RFIning 15 may kuni o'tkazilgan yig'ilishida Milliy Futbol Ligasi (MFL) yakunlangani elon qilingandi.
Yakunda "Rotor" va "Ximki" jamoalari Premer-liga yo'llanmasiga ega chiqdi. Volgogradning "Rotor" klubi darhol RPLning 2020-21 yilgi mavsumi uchun dastlabki xarajatlar smetasini tuzib chiqqan.
Vitaliy Denisov klubi 16 yildan so'ng Premer-ligaga qaytdi
Hisob-kitoblarga ko'ra, volgogradliklarning ehtimoliy xarajatlari 1,7 milliard rubldan oshishi kutilmoqda. Demak, asosiy jamoaning RPLda ishtirok etishi uchun 1,377 milliard kerak bo'lsa, "Rotor-2"ga 36 million, klub akademiyasi uchun 32 million rubl mablag' ajratiladi.
Malumot uchun, "Rotor" klubida hamyurtimiz Vitaliy Densov to'p tepayotgan bo'lsa, terma jamoamiz sobiq forvardi Maksim SHackix jamoa ustozi Aleksandr Xackevichga yordamchi murabbiy sanaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar