Vitaliy Denisov klubi 16 yildan so'ng Premer-ligaga qaytdi

Alisher
15 may 2020, 17:10
RFIning bugungi yig'ilishida Milliy Futbol Ligasi (MFL) yakunlangani e'lon qilindi.

Mavsum mart oyida to'xtatilgan edi va jadvalning shu ko'rinishida mavsum tugatildi. Shunday ekan, MFL yetakchisi "Rotor" Premer-ligaga yo'llanma oldi.

Volgograd jamoasi 16 yilda ilk bor yuqori divizionda ishtirok etishi mumkin. "Rotor" 2004 yilda 16-o'rinni qo'lga kiritgan holda, Premer-ligadan chiqib ketgandi.

2005 yilning boshida klub professional statusini yo'qotdi. Shundan so'ng "Rotor"ni yana oyoqqa turg'azishga bo'lgan harakat boshlandi. Mahalliy jamoa 2017/18 yilgi mavsum MFLda 17-o'rinni qo'lga kiritdi, keyingi yili esa 11-o'rinni. Joriy yilda "Rotor" chempionat to'xtatilgunga qadar "Ximki"dan 2 ochko ilgarilab ketgan holda, birinchi o'rinni egallab turgandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi sobiq forvardi Maksim Shackix "Rotor" ustozi Aleksandr Xackevichga yordamchi murabbiy sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sports.ru