Denis Korostichenko: "Biz juda yomon o'ynadik. Barcha ayb menda"
25 apr 2022 22:37
Yangiliklar
Denis Korostichenko: "Biz juda yomon o'ynadik. Barcha ayb menda"
- Bosimga boy o'yin bo'ldi. Ilk daqiqalardanoq ikki jamoa ham vaziyatlar yaratishga kirishdi. Nima deyishim mumkin, biz juda yomon o'ynadik. Bu to'liq mening aybim. Nimadir deyish qiyin. "Dinamo"ni mavsumdagi ilk g'alaba bilan tabriklayman.
- Futbolchilarning birinchi bo'limdan keyin charchab qolgani nima bilan bog'liq?
- Hozir ramazon oyi bo'lishiga qaramay futbolchilar bilan tig'iz grafik ostida mashg'ulotlar olib boryapmiz. Tarkibdagi futbolchilarning katta qismi ro'za tutmoqda. Balki shuning ham tasiri bordir. Biroq bu haqida gapirish noo'rin.
- CHempionatda 4-5 tur o'tdi. Ammo "Lokomotiv" faqatgina bir g'alabaga erishdi.
- Albatta, bu klubni ham, meni ham kayfiyatimizni tushirmoqda. Biz yaxshiroq o'ynab, ko'proq ochkolar olishimizni kutgandik. Hali oldinda o'yinlar ko'p.
- G'ulom-Haydar Gulyamovning jarohati haqida nima deysiz?
- U navbatdagi o'yinga tarkibga qaytishini kutyapmiz.
Fikrlar