Dele Alli: "Tottenxem" o'yinchilari sarosimaga tushishmayapti. O'zimiz va murabbiylar shtabiga ishonamiz"
21 okt 2019 20:15
Yangiliklar


Dele Alli: "Tottenxem" o'yinchilari sarosimaga tushishmayapti. O'zimiz va murabbiylar shtabiga ishonamiz"
"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli Angliya chempionati doirasida "Uotford"ga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
"SHunday o'yinlarda g'alaba qozonishimiz lozim. Buni bilamiz va natijadan ko'nglimiz to'lmadi. O'yinda ustunlik qildik. Bizga oson bo'lmadi, lekin bu APL, bu erda hech kim sizga g'alabani qo'sh-qo'llab topshirmaydi.
Qaerda o'yinimizni yaxshilashimiz zarurligini bilamiz. Mashhulotlarda birgalikda qattiq ishlashda davom etishimiz kerak. Biz sarosimaga tushmayapmiz va jamoaning qanday salohiyati borligini bilamiz. O'zimiz, shuningdek murabbiylar shtabiga ishonamiz va har kuni chin dildan mehnat qilamiz", – deydi Alli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar