So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  4 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

Angliya Premer-ligasida transfer oynasi yopildi. Yerri Mina "Everton"da va boshqa transferlar Yangiliklar

Angliya Premer-ligasida transfer oynasi yopildi. Yerri Mina "Everton"da va boshqa transferlar

Bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da Angliya Premer-ligasida yozgi transfer oynasi yopildi.

SHu munosabat bilan amalga oshiriladigan so'nggi transferlar bilan tanishtirib boramiz.


YANGILASH


Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Angliyada transfer bozori rasman yopildi. Endi APL klublari 31 avgustga qadar faqat o'z futbolchilarini boshqa chempionat klubiga sotishlari mumkin xolos. Yanvar oyiga qadar yangi futbolchini sotib olib bo'lmaydi.


- Angliyada transfer oynasining so'nggi daqiqalarida "Everton" 3ta xaridni amalga oshirgan bir paytda "Tottenxem" APLda 2003 yildan buyon yozgi transfer bozorida umuman futbolchi sotib olmagan birinchi klub bo'ldi. 


- Skysports dan navbatdagi xabar. "Fulxem" "Marsel" yarim himoyachisi Andre Frank Angissani 30 million funt sterling evaziga sotib oldi.


- Rasmiy xabar. "Everton" nimalar qilayapti? Biroz oldin Yerri Mina va Bernardni o'z safiga qo'shib olgan "Everton" endi "Barselona" yarim himoyachisi Andre Gomeshni ijaraga oldi. 


- Rasmiy xabar. Karlos Sanches kutilganidek "Vest Xem" azosiga aylandi. "Fiorentina"dan kelgan futbolchi 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. 


- Rasmiy xabar. "Xaddersfild" Belgiya U21 terma jamoasi va "Monpele" azosi Isak Mbenzani o'z safiga qo'shib oldi.


- Skysports xabariga ko'ra kolumbiyalik himoyachi Karlos Sanches "Vest Xem" safida tibbiy ko'rikdan o'tdi.



- "Everton" avjiga chiqmoqda. "Barselona" o'z himoyachisi Yerri Minani "Everton"ga sotganini elon qildi. Kolumbiyalik futbolchi uchun ingliz klubi 30 million evro to'laydi. 


- Rasman: "Everton" braziliyalik Bernardni o'z safiga qo'shib olganini elon qildi. Bu futbolchining "SHaxtyor" bilan shartnoma tugagandi. Bernard Angliya klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi

- "Barselona"dan Usmon Dembeleni xarid qilmoqchi bo'lgan "Arsenal"ning rejalari chippakka chiqdi. Kataloniya klubi "to'pchilar"ning 100 mln. evrolik taklifini rad etdi.


RASMAN: "Vulverxempton" "Anderlext" yarim himoyachisi Leander Dendonkerni o'z safiga qo'shib oldi. Belgiyalik bir yil ijara asosida "bo'rilar" sharafini himoya qiladi.


RASMAN: "Betis" yarim himoyachisi Viktor Kamarasa ijara asosida "Kardiff"ga o'tdi. 24 yoshli futbolchining ijarasi 1 yilga mo'ljallangan.


RASMAN: "Lester Siti" Zagrebning "Dinamo" klubidan 21 yoshli Filip Benkovichni sotib oldi. "Tulkilar" ushbu transfer uchun 13,05 mln. funt sarflashadi.


RASMAN: "Vest Xem" "Arsenal" hujumchisi Lukas Peresni sotib oldi. Transfer 4 mln. funt evaziga amalga oshdi. Futbolchi va klub o'rtasidagi bitim 3 yilga mo'ljallangan.


RASMAN: "Manchester Siti" Avstraliya chempionati vakili "Melburn Siti" yarim himoyachisi Daniel Arzanini o'z safiga qo'shib oldi. Futbolchi yoshlar jamoasida to'p tepadi.


RASMAN: "CHelsi" "Atletik" darvozaboni Kepa Arrisabalagani xarid qildi. Transfer 72 mln. funt (80 mln. evro) evaziga amalga oshdi. SHunday qilib Arrisabalaga futbol tarixidagi eng qimmat posbonga aylandi.


RASMAN: "CHelsi" "Real"dan yarim himoyachi Mateo Kovachichni ijaraga oldi.


RASMAN: Tibo Kurtua "Real"ga o'tdi. "CHelsi" ushbu transferdan 31,5 mln. funt ishlab oldi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика