Mareska APL rekordini o'rnatdi

18 okt 2026, 10:10
"Manchester Siti" shanba kuni o'z muxlislarini "Ipsvich" ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g'alaba bilan xushnud etdi.

"Shaharliklar" Premer-liganing dastlabki 7 ta turining barchasida g'alaba qozonishdi.

Squawka statistik mutaxassislari "Manchester Siti" ustozi Enco Mareskaning rekordini qayd etishdi. U Premer-liga tarixida yangi jamoa bilan debyut mavsumda chempionatdagi dastlabki ettita o'yinining barchasida g'alaba qozongan birinchi murabbiyga aylandi.

Premer-liganing navbatdagi turida "Manchester Siti" safarda "Aston Villa"ga qarshi o'ynaydi. Ammo undan oldin, 20 oktyabr kuni Enco Mareska jamoasi Chempionlar ligasida AEKga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka