Angliya Premer-ligasida transfer oynasi yopildi. Yerri Mina "Everton"da va boshqa transferlar

Aslanov Jasurbek
9 avg 2018
Bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da Angliya Premer-ligasida yozgi transfer oynasi yopildi.

Shu munosabat bilan amalga oshiriladigan so'nggi transferlar bilan tanishtirib boramiz.


YANGILASH


Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Angliyada transfer bozori rasman yopildi. Endi APL klublari 31 avgustga qadar faqat o'z futbolchilarini boshqa chempionat klubiga sotishlari mumkin xolos. Yanvar oyiga qadar yangi futbolchini sotib olib bo'lmaydi.


- Angliyada transfer oynasining so'nggi daqiqalarida "Everton" 3ta xaridni amalga oshirgan bir paytda "Tottenxem" APLda 2003 yildan buyon yozgi transfer bozorida umuman futbolchi sotib olmagan birinchi klub bo'ldi. 


- Skysports dan navbatdagi xabar. "Fulxem" "Marsel" yarim himoyachisi Andre Frank Angissani 30 million funt sterling evaziga sotib oldi.


- Rasmiy xabar. "Everton" nimalar qilayapti? Biroz oldin Yerri Mina va Bernardni o'z safiga qo'shib olgan "Everton" endi "Barselona" yarim himoyachisi Andre Gomeshni ijaraga oldi. 


- Rasmiy xabar. Karlos Sanches kutilganidek "Vest Xem" a'zosiga aylandi. "Fiorentina"dan kelgan futbolchi 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. 


- Rasmiy xabar. "Xaddersfild" Belgiya U21 terma jamoasi va "Monpele" a'zosi Isak Mbenzani o'z safiga qo'shib oldi.


- Skysports xabariga ko'ra kolumbiyalik himoyachi Karlos Sanches "Vest Xem" safida tibbiy ko'rikdan o'tdi.



- "Everton" avjiga chiqmoqda. "Barselona" o'z himoyachisi Yerri Minani "Everton"ga sotganini e'lon qildi. Kolumbiyalik futbolchi uchun ingliz klubi 30 million evro to'laydi. 


- Rasman: "Everton" braziliyalik Bernardni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. Bu futbolchining "Shaxtyor" bilan shartnoma tugagandi. Bernard Angliya klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi

- "Barselona"dan Usmon Dembeleni xarid qilmoqchi bo'lgan "Arsenal"ning rejalari chippakka chiqdi. Kataloniya klubi "to'pchilar"ning 100 mln. evrolik taklifini rad etdi.


RASMAN: "Vulverxempton" "Anderlext" yarim himoyachisi Leander Dendonkerni o'z safiga qo'shib oldi. Belgiyalik bir yil ijara asosida "bo'rilar" sharafini himoya qiladi.


RASMAN: "Betis" yarim himoyachisi Viktor Kamarasa ijara asosida "Kardiff"ga o'tdi. 24 yoshli futbolchining ijarasi 1 yilga mo'ljallangan.


RASMAN: "Lester Siti" Zagrebning "Dinamo" klubidan 21 yoshli Filip Benkovichni sotib oldi. "Tulkilar" ushbu transfer uchun 13,05 mln. funt sarflashadi.


RASMAN: "Vest Xem" "Arsenal" hujumchisi Lukas Peresni sotib oldi. Transfer 4 mln. funt evaziga amalga oshdi. Futbolchi va klub o'rtasidagi bitim 3 yilga mo'ljallangan.


RASMAN: "Manchester Siti" Avstraliya chempionati vakili "Melburn Siti" yarim himoyachisi Daniel Arzanini o'z safiga qo'shib oldi. Futbolchi yoshlar jamoasida to'p tepadi.


RASMAN: "Chelsi" "Atletik" darvozaboni Kepa Arrisabalagani xarid qildi. Transfer 72 mln. funt (80 mln. evro) evaziga amalga oshdi. Shunday qilib Arrisabalaga futbol tarixidagi eng qimmat posbonga aylandi.


RASMAN: "Chelsi" "Real"dan yarim himoyachi Mateo Kovachichni ijaraga oldi.


RASMAN: Tibo Kurtua "Real"ga o'tdi. "Chelsi" ushbu transferdan 31,5 mln. funt ishlab oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia