De Xea SHmeyxel rekordini yangiladi
10 iyu 2020 08:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580133_original.jpg)
![](/upload/storage/580133_220.jpg)
De Xea SHmeyxel rekordini yangiladi
MYU posboni APL 34-turi doirasida “Aston Villa”ga qarshi bahsda (3:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Bu orqali David de Xea MYUning klub tarixidagi xorijlik futbolchilari orasida eng ko'p o'yin o'tkazgan o'yinchiga aylandi. “Aston Villa”ga qarshi bahs ispaniyalik posbon uchun “qizil iblislar” libosidagi 399-o'yin bo'ldi. Bu orqali u daniyalik Peter SHmeyxelni (398) quvib o'tdi.
Malumot uchun, de Xea 2011 yildan beri MYU sharafini himoya qilib keladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar