De Xea Kazemiro chetlatilishi haqida: "Hech narsa demoqchi emasman, aks xolda meni jazolashadi"
05 fev 2023 20:24
Yangiliklar
De Xea Kazemiro chetlatilishi haqida: "Hech narsa demoqchi emasman, aks xolda meni jazolashadi"
MYU posboni David De Xea "Kristal Pelas"ga qarshi bahsdagi (2:1) Kazemironing chetlatilishi haqida fikr bildirdi.
"G'alabali seriyamiz davom etyapti, o'tgan mavsumga nisbatan ancha o'sdik.
Bu g'alaba ko'p narsani anglatadi, chunki biz o'yinni nazorat qila oldik, ammo birgina vaziyat tufayli muhim futbolchimiz qizil kartochka oldi.
Ushbu vaziyat haqida hech narsa demoqchi emasman, chunki menda muammolar paydo bo'lishi mumkin.
Qiyin bo'ladi. Oldinroq Eriksensiz qolgandik, endi Kazemiro. Ammo tarkibimiz katta, hamma maydonga tushishga tayyor" - deydi De Xea.
Fikrlar