De Rossi A Seriyaga qaytish arafasida turibdi
05 iyu 2020 01:10
Yangiliklar
De Rossi A Seriyaga qaytish arafasida turibdi
Rimning "Roma" klubi afsonasi Daniele De Rossi "Fiorentina"ni boshqarishi mumkin.
Gianlucadimarzio.com xabariga ko'ra, 36 yoshli italiyalik mutaxassis "binafsharinglar" bosh murabbiyligiga asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi. Nomzodlar orasida "Inter"ning sobiq ustozi Luchano Spaletti ham borligi aytilmoqda.
Malumot uchun, "Roma"dagi uzoq yillik (2002-19) faoliyatidan keyin 2019 yilning yozida "Boka Xuniors" tarkibiga qo'shilgan De Rossi yil oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi.
Fikrlar