So’nggi yangiliklar

15:14Ҳакамлар “Насаф”га яна ёрдам беришдими? Суперлиганинг 17-туридан ўрин олган ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 14:44Ваниҳоят! "Челси" футболчисини ижарага бера олди  1 13:57Роналду мураббий бўладими? Криштианунинг ўзи бу саволга жавоб берди  1 13:26ОФК Техник қўмитаси Илёс Зейтуллаевнинг мураббийлик дипломи бўйича якуний хулосасини қабул қилди  0 12:53Флорентино Перес "Реал" учун янги дарвозабон топди. Кипернинг трансфер ҳуқуқи "Арсенал"га тегишли, аммо...  1 12:24"Барселона" ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи   5 11:56Аббосбек Файзуллаев ЦСКАдаги асосий муаммо ҳақида гапирди  3 11:21ЖЧ саралаши. Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувида "VAR" бўладими?  1 11:03Дансо йўқ! Абдуқодир Ҳусанов учун йўл очилдими?   2 10:44ОЧЛда "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср"га 3 тадан гол урган футболчи жамоаси билан янги шартнома имзолади  3 10:20"Рома" "Милан" футболчиси билан шартнома тузишга яқин  4 09:48"Реал Мадрид" тарихидаги энг қиммат трансферини амалга оширмоқчи  2 09:17Криштиану Роналду Евро-2024даги ўйини танқид қилинганига кескин муносабат билдирди  23 08:45"Барселона" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олади  1 08:14"Реал Мадрид" етакчиси келаси йил Саудияга кўчиб ўтиши мумкин. Таклиф суммаси шунчаки дахшат  9

De Bryuyne kuchliroq bo'lib qaytdi, endi "Siti" CHL g'olibi bo'lishi mumkin Yangiliklar

De Bryuyne kuchliroq bo'lib qaytdi, endi "Siti" CHL g'olibi bo'lishi mumkin

O'tgan mavsum Kevin De Bryuyne faoliyatidagi eng qiyini bo'ldi.

Belgiyalik jarohatlardan qutila olmadi va chempionga aylangan "shaharliklar"ning asosiy futbolchisi bo'lmadi. Kevin APL va CHempionlar ligasida 14ta uchrashuv o'tkazib, 6ta golli pas berdi. Yarim himoyachi mavsumoldi yig'inga yaxshi holatda keldi. De Bryuyne yozda formasini tiklab, o'yin boshqarish qobiliyatini rivojlantirdi va endi Premer-liganing eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun Sterling bilan raqobat qilishga tayyor.


De Bryuyne "Manchester Siti" hujumining tezligini belgilaydi

Kevin markaziy yarim himoyachilar uchligida o'ngroqda o'ynashni xush ko'radi, ammo belgiyalik bu poziciyaga bog'lanib qolmagan. Vaziyatga qarab u chapda harakat qiladigan David Silva yoki Ilkay Gyundogan bilan joy almashishi mumkin. Bir yil oldin Pep Gvardiola Kevinni Messidan so'ng sayyoraning eng yaxshi futbolchisi deb atagan edi. De Bryuyne - kataloniyalik murabbiyning talablariga to'liq javob beradigan futbolchi.

Gvardiola tizimining asosiy g'oyasi - bir qanotdan futbolchilar sonini oshirib, tezkor uzatma orqali boshqa qanotdagi futbolchiga bo'sh hudud yaratish. De Bryuyne bunday uzatmalarga usta. Pas emas, uni jamoadoshiga qulay etkazib berish muhim. Kevin yugurib ketayotgan Sterling yoki ochilib borayotgan Marez oyog'iga to'pni ideal tashlab beradi. Qiziq malumot: Xavbek odatda bir uchrashuvda 50tadan ko'p pas bermaydi ("Vest Xem" bilan 46ta, "Tottenxem" bilan 48ta). "SHaharlar" to'pni qanday nazorat qilishini tasavvur qilsak, bu ko'rsatkich katta emas.


Uzatmalarning sifati muhimroq. De Bryuyne APLning ikkita o'yinida zarba uchun 12ta pas bergan. Bu jamoadoshlari uchun 12ta vaziyat yaratish degani. Ushbu vaziyatlarning 3tasi gol bilan yakunlandi. De Bryuyne "Tottenxem" bilan bahsda jamoadoshlari uchun 9ta vaziyat yaratib berdi.


O'yinni Jerrard darajasida boshqarish

"De Bryuyne doimo maydonda to'g'ri joy tanlaydi. Devid Bekxem va Stiven Jerrard - o'ng qanotda o'ynagan eng yaxshi uzatmalar ustasi hisoblanishadi. Kevin ularga yaqin. De Bryuyne ular qilgan ishni uddalay oladi" - deya maqtagandi Garri Nevill belgiyalik futbolchini. Aslida De Bryuynening mahorati Bekxemnikidan ustun va Jerrardnikidan biroz farq qiladi.

Devid haqiqatdan ham qanotdan ajoyib uzatmalar beradi, ammo Gvardiola erdan o'ynashni xush ko'radi, "Siti"da esa doimo bosh bilan gol uradigan futbolchilar yo'q. Kevin qulay joyda turgan jamoadoshini shunchaki topibgina qolmay, keyingi qadam maksimal darajada qulay bo'lishi uchun hamma narsani qiladi. Bekxem esa uzatmadan so'ng faqat zarba bo'lishini o'ylagan. MYU sobiq xavbeki bor etiborini assistlarga qaratgan edi, De Bryuyne esa hujumning qulay davom etishini istaydi. Ikki futbolchi ham kuchli, ammo ularni solishtirish biroz noto'g'ri. Nevill belgiyalikning sifatli uzatmalariga etibor qaratdi, biroq bu Gvardiola yaxshi ko'radigan jihat emas.


Jerrard va De Bryuyneni bog'laydigan jihat - o'yinga temp berish. Stiven buni maydonning istalgan qismidan amalga oshirardi, chunki u yarim himoya o'ng qanotida, hujumkor xavbek rolida va tayanch yarim himoya zonasida o'ynashga ulgurardi. Jerrard to'p bilan harakati evaziga jamoadoshlarini tezlashtirar yoki sekinlashtirar edi. Kevin esa buning uchun paslardan foydalanadi. To'g'ri, de Bryuyneda Stij Jidagi kabi kuchli zarbaga ega emas va ikki jarima maydonchasi orasida o'ynash uchun katta qadam tashlamaydi, ammo bu kamchilikni to'pni kerakli vaqtda uzatish qarori bilan to'ldiradi.


Qora mehnatdan qo'rqmaydi

De Bryuyne o'rtacha har o'yin raqibdan 1,5 marta to'pni olib qo'yadi. Bu uning vazifasi emas, ammo Gvardiola tizimida hamma himoyaga yordam berishi kerak. Pep "Siti"ga kelganida Agueroni himoyaga qaytmasligi uchun rosa tanqid qilgan. Xatto hisob yirik bo'lganida ham Serxio raqiblarni birinchi bo'lib kutib olishini istagan. Kevin ham himoyada o'ynashni o'rgandi. Belgiyalik "Volfsburg"da hujumchi ortida to'p tepardi. Himoya bilan boshqalar shug'ullangan. Pepening markazdagi yarim himoyasida harakat qilgan Kevin tezda bu tizimga ko'nikib ketdi. Hozir u har o'yinda 3-4ta himoyaviy harakatlarni amalga oshiradi.

Gvardiola o'z xavbeklariga ko'p erkinlik beradi. Masalan, David Silva tez-tez raqib jarima maydonchasi oldida paydo bo'ladi. Biroq De Bryuyne bu imkoniyatlardan cheklangan rejimda foydalangan. Kevin hujumga qo'shilishini kutish qiyin, ammo u vaziyatga qarab vingerlar bilan joy almashishni boshladi. U jarima maydonchasidan 10-20 metr uzoqda o'ynashni maqul ko'radi, ammo "Siti" raqiblari yopilib olsa, belgiyalik o'zi masalani hal qilishga urinadi. De Bryuyne "Tottenxem" bilan o'yinda Aguerodan ko'proq, Jezus bilan teng zarba (4ta) berdi.


Belgiyalikning zarba uchun beradigan paslari soni hayratlanarli. Agar faqat so'nggi 2 o'yinda ishtirok etgan futbolchilarni hisobga olsak, Kevinga raqib yo'q (har o'yinda zarba uchun 6ta pas, Marezda 3,67ta). "Manchester Siti" hujumlarining birinchi qadamida De Bryuyne juda kam ishtirok etmoqda. Gvardiola bu vazifani tayanch yarim himoyachisi Rodriga topshirdi.


Yangi mavsumda "Siti"ga ustunlik beradi

"Tottenxem"ga qarshi bahs "shaharliklar"ning o'tgan mavsumdagi muammolarini ko'rsatib berdi. "Siti" standart va tezkor qarshi hujumlarda yomon himoyalanadi. Himoya va yarim himoya chizig'i o'rtasidagi farq kattalashib ketadi. Odatda, "Manchester Siti" chiziqlar orasidagi bo'sh hududga pas berib, bu ustunlikdan foydalanar edi, endi Gvardiola jamoasining o'zi bu tuzoqqa tushyapti. Xatto Kevin De Bryuyne ham yordam bera olmayapti.


Kevinning start poziciyasi himoyaga yaqin hududda. Bazida u Rodridan ham pastroqqa tushishi mumkin. Belgiyalik hujumni boshlayotib, raqib himoyasini cho'zilishga majbur qiladi va markaziy hamda qanot himoyachilari orasida bo'sh joy paydo bo'ladi. Kevin jarohat olgan paytda Gvardiola bunday o'yinga umid qilmagan. "Siti"ning yarim himoyachilari orasida faqat De Bryuyne paslarni futbolchining yo'liga ideal tashlab beradi. Bunday uzatmalar bilan raqib avtobusini buzib tashlash ancha oson.

Ayni damda Premer-ligada Kevin darajasidagi yarim himoyachini topish qiyin. U jarohatidan qutildi, pas berish qobiliyatini rivojlantirdi va hozir tonnalab olqish yig'moqda. De Bryuyne agressiv emasligi va sovuqqonligi ham juda muhim. "Siti" katta muammolarga duch keladigan CHempionlar ligasida xotirjamlikni saqlash kerak. So'nggi uch mavsumda musobaqani uch marta tark etish - Gvardiola kutgan natija emas, ammo hozir uning sirli quroli bor. Kevin De Bryuynening o'zi ham CHLda "portlash" amalga oshirish niyatida bo'lsa kerak.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика