So’nggi yangiliklar

10:07Ўртоқлик учрашуви. «Насаф» «Шахтёр»ни мағлуб этди  0 09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  9 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  2 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  5 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  5 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  1 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  8 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  3 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181

Davron Tursunov: “Vaziyatlardan unumli foydalanganimizda kamida bir ochko bilan qaytishimiz ham mumkin edi” Yangiliklar

Davron Tursunov: “Vaziyatlardan unumli foydalanganimizda kamida bir ochko bilan qaytishimiz ham mumkin edi”

"Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachisi Davron Tursunov mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.

- Birinchi o'yin bo'lgani uchun ozgina hayajon etishmadi. Ikkinchi bo'limda esa hammasi iziga tushdi. Ko'rdingiz bir nechta vaziyatlarga ega bo'ldik. Agarda ulardan aniq foydalana olganimizda safardan bir ochko bilan qaytishimiz ham mumkin edi.  

- O'tkazib yuborilgan gollarga keladigan bo'lsak, birinchisi standart vaziyatdan bo'ldi va shunda qanot hakami bayroqchasini ko'tardi. O'sha vaziyatda biz chalg'ib qoldik va vaziyatda to'xtab qoldik.

- O'yinga bo'lgan tayyorgarlik yuqori darajada edi. Maksimum durang bilan qaytib ketishni o'ylagandik. Murabbiylar o'yindan oldin maydonga chiqib, ishqibozlarni quvontirish uchun astoydil xarakat qilishimiz kerakligini uqtirgandi. Buni tarkibdagi yigitlar ham yaxshi tushunib turgandi.

- Andijondan kelib bizni butun o'yin davomida tinimsiz ravishda qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizdan uzur so'raymiz. Ularga minnatdorchilik bildiraman.

- Endi keyingi uchrashuvni yana bir etakchi klublardan biri bo'lgan “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazamiz. O'z maydonimizda muxlislarimizni xursand qilishimiz shart deb o'ylayman. Asosiy etiborimizni bo'lajak bahsga qaratamiz – deydi Davron Tursunov.

"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика