So’nggi yangiliklar

22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  3 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  7 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  4 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3

Davron Fayziev: "Hozirgi vaziyatimizdan chiqib ketishimiz uchun kamida 3 ta g'alaba zarur" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Hozirgi vaziyatimizdan chiqib ketishimiz uchun kamida 3 ta g'alaba zarur"

Coca-Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Bu kabi asabiy o'yinlardan so'ng hozir biron fikr bildirish qiyin. Gol urmasang, yutmaysan, bu futbolning aniq qoidasi. Oxirgi turlar biz uchun qiyin o'tayapti. Darvozabonni aldab o'tib ham to'p kirmasligi, buni bilmadim. Yigitlar harakat qilishdi, astoydil o'ynashdi. "Lokomotiv", biz va "Surxon" jadvalning quyi qismida turibmiz. Bugungi o'yinda 3 ochko suv va havodek zarur edi. Lekin yana murosa yo'lini tanladik. SHuncha ko'p vaziyatni ko'kka sovurish har qanday jamoani tushkunlikka tushirib qo'yadi. So'ngi uchrashuvlarda 15-20 ta golli vaziyatlarni yaratyapmiz. 

- Ketma-ket g'alabasiz seriyalarni bir so'z bilan qanday izoxlagan bo'lardingiz?

- Qanday ifodalash mumkin? Hozirgi savolizga javob bersam bahonadek ko'rinishi mumkin. Javob bermasam bu ham noto'g'ri. Murabbiyning peshonasiga yozilgani bo'ladi. Futbolchilarni aybdor qilishga haqqim yo'q, ular harakat qilishayapti. Ikkinchi davrada 6 ta durang, 2 ta mag'lubiyat qayd etdik. Hozirgi vaziyatimizdan chiqib ketish uchun kamida 3 ta g'alaba zarur. Ishlashda davom etamiz.

Rahbariyat qandaydir qaror beradigan bo'lsa, bunga tayyorman. Murabbiylikning qismatida hamma narsa bor. Vaziyat yarata olmagan bo'lsak, murabbiy aybni to'liq bo'yniga olishi mumkin. Rahbariyat murabbiyning ishini ko'rib chiqib tahlil qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика