Davron Fayziev: "Bugungi holatimizga havas qilib bo'lmaydi"
14 may 2014 22:27
Yangiliklar
Davron Fayziev: "Bugungi holatimizga havas qilib bo'lmaydi"
Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "So'g'diyona" (4:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Nima deyishim mumkin? Hozir sizlarga bir gap aytsam, tezda matbuotga chiqarib yuborasizlar. SHundoq ham o'zinglar bugungi holatimizni yaxshi bilasizlar. Jamoada echimini kutayotgan bir qancha muammolar turubdi. Bu haqda shu kungacha ko'p gapirdim. Ammo natija yo'q baribir. Futbolchilarni 10 may kuni yig'dik. "Metallurg"ga qarshi o'yinga 2-3 kun tayyorgarlik ko'rildi, xolos, - deya gap boshladi Fayziev.
- O'yinga keladigan bo'lsak, "Metallurg" bugun haqli ravishda g'alaba qozondi. Raqib safida harakat qilgan yoshlar markazdan yorib kirib gol urishga erishdi. Bunga sabab himoyachilarimizning sust o'ynaganidir.
- Lekin mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda hech bir futbolchimga ortiqcha etiroz yo'q. CHunki yigitlar mana shunday qiyin paytda, bor kuchlarini berib o'ynayorgani meni xursand etmoqda - deydi Davron Fayziev.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar