OFKning "Pro" licenziyasi bo'yicha murabbiylik o'quv-kursining 3-moduli Belgiyada davom etmoqda
21 jan 13:13
Yangiliklar
OFKning "Pro" licenziyasi bo'yicha murabbiylik o'quv-kursining 3-moduli Belgiyada davom etmoqda
O'FA tashabbusi bilan Osiyo futbol konfederaciyasining "Pro" licenziyasi murabbiylik kurslari Belgiyada tashkil qilinyapti.
Kurs jarayonida FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon hamda O'FA texnik direktori Gi Kiala boshchiligida murabbiylarga Evropa tajribasi asosida zamonaviy ko'nikmalar berib borilmoqda.
Belgiya futbol markazida tashkil etilayotgan darslar davomida terma jamoalar tahlili, strategik yondashuvlar, futbolchilarning individual va jamoaviy tayyorgarligini rivojlantirishga oid nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.
Fikrlar