"Lechche" futbolchisi Amorimning birinchi xaridi bo'lishi mumkin
21 jan 13:39
Yangiliklar
"Lechche" futbolchisi Amorimning birinchi xaridi bo'lishi mumkin
"Manchester Yunayted"ning Ruben Amorim qo'l ostidagi ilk transferi "Lechche" himoyachisi Patrik Dorgu bo'lish ehtimoli bor.
Amorim "Yunayted" ajratayotgan kichik miqdordagi resursni chap qanot himoyachisini kuchaytirishga sarflamoqchi.
"The Independent" xabariga ko'ra, MYU Dorguni maqsad qilib olgan, chunki u Amorim afzal ko'radigan vingbek sifatida o'ynashga odatlangan.
Hujumchi Rasmus Xoylundning Daniyadagi termadoshi bo'lgan 20 yoshli Dorgu "qizil iblislar" uchun PSJ azosi Nunu Mendeshdan ko'ra haqiqatga yaqinroq maqsad hisoblanadi.
Fikrlar