So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  1 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  10 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  37 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

Darvozabonlar masalasiga yakun... Yangiliklar

Darvozabonlar masalasiga yakun...

Lobanov yoki Suyunov. Bizda boshqa darvozabon yo'qmi? Bor! Murabbiylar ko'rmaydi uni. Nesterov o'z paytida, 19 yoshida imkoniyat olgan. Bugalo juda yosh chiqqan.

Bir gap, ikkisining yoshiga olsa, shu ikkisining yoshida Nesterov bir kalla ustun bo'lgan. Bugalo esa shu uchchovidan ustun bo'lgan. Biz o'rtamiyonalar ichidan yaxshilar ustida bahslashayapmiz. Aslida, tom manodagi kuchlilarni kashf etishimiz kerak.


O'zbekistonda necha nafar darvozabonlar murabbiyi bor? Kecha faoliyatini tugatib, bugun murabbiylik qilayotganlarni inobatga olmaymiz. Ularni o'zi tuzuk ustoz ko'rmagan.
SHuning uchun biz, darvozabonlar maktabini yaratishimiz kerak. Bu gapni kim yaxshi, kim yomon deb yozmadik. U kuchli, bu kuchli degan fikrlar kerakmas. SHunchaki, yuzada turgan muammo bu va uni echish kerak. Suyunovni qo'yadimi, Nesterovni yoki Lobannimi farqi yo'q, muammo bu bilan echilmaydi. Uchchovini bir-biridan kam bo'lmagan kamchiligi bor. Bizda Rossiya premer ligasiga tortadigan darvozabon bormi?

Men bir darvozabonni bilaman, bundan 9-10 yillar avval MTJ ustoziga borib, meni asosiy tarkibga qo'ying, 100% ishonch bilan aytaman, "0"ga turaman degan. Bu voqea, safarda, Yaponiyaga qarshi uchrashuvdan avval bo'lgan. Bugun biron darvozabon chiqish qilib, Janubiy Koreya yoki Xitoy bilan o'yin oldidan "0"ga tura olaman deb ayta oladimi? Portugaliyaga qarshi o'yinda Bravoni ko'rdingizmi, murabbiy u yoqda qolib, penaltilar seriyasida o'zi ko'rsatma berdi. Mana haqiqiy darvozabon. Unga ham kimdir o'rgatgan. O'z-o'zidan shunday bo'lib qolmadi. Penaltilarni ham maromiga etkazib bitta qolmay qaytardi. Gavdasini qarang? Bizda yaqin o'tmishda Bugalo va Belyakovdan keyin kimni ko'rdingiz, haybatli darvozabon bo'lib chiqqan? Gizimchukni eslaysizmi? Darvozabon degani, darvozani gavdasi bilan to'ldirib turishi kerak, hozirgi holatdagidek emas! O'z paytida bir emas, ikki marotaba "yilning eng yaxshi futbolchisi" bo'lgan Pavel Bugalodan so'rashgan:

- O'zbekistonda qaysi darvozabonni kuchli deb bilasiz?

- Hech bo'lmasa bir marotaba yilning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan darvozabonni.

Akinfeev Rossiyada eng zo'ri bo'lishi mumkin, lekin rus futboli tarixida Dassaev yoki Yashin oldida hech kim emas. SHuning uchun ham ruslarning terma jamoasi bugungi axvolda. Bu ham Akinfeevning aybi emas, u erdagi muammo huddi bizdagi kabi. 

Buning zamirida to'g'ri ovqatlanishdan tortib, to'g'ri mashg'ulot qilish kabi ko'p omillar yotibdi. Qaysi klub o'z qoshidagi 22 nafar futbolchiga, 22 xil munosabat qiladi? Yo'q unaqasa. Hammaga bir xil osh, bir xil tovuq go'shti. Bu uydurma emas, ayni haqiqat. Oshida suyagi chiqqan futbolchi, "jek pot" yutgandek quvonadi. Ko'rganlarim bu, to'qib yozayotganlarim emas. Muammo juda ko'p... SHuning uchun bizda javoaviy sport o'yinlarida yutug'imiz yo'q. Yakka kurashlarda serob. Yakka kurashda, bir kishi, bir organizm. Uni SHifokori va "dietologi" qachon, nima istemol qilish kerakligini to'g'ri aytib turadi. Murabbiy ana shu bir sportchisi uchun qachon qanday mashg'ulot berishni biladi. Bizda 22 nafar futbolchining barining "menyu"sidan tortib, mashg'ulotigacha bir xil. SHunga ham bizda barcha futbolchi bir xil!

Bu darvozabonlarimizning aybi emas, ayb tizimda, ular berganini va o'rgatganini qilayapti. Nari borsa qo'shimcha ishlab yana oz-moz nimanidir o'rganadi. Lekin, katta bir maktab yoki professor murabbiylar bormi? Ivanokov va Rashidovdan boshqa kimni ommaviy taniymiz? Rashidovning metodikasi ham eskirib bo'ldi, bugungi darvozabonlarga atletizm juda muhim, lekin shunga mos inventarlar bormi?


Qaysi klubda to'pni kerakli nuqtaga etkazib beradigan "to'potar"lar bor? Klub uchun arzimagan pul bo'ladi. Mashg'ulotlarda qiyshiq zarba beradigan futbolchilar o'rnini juda yaxshi bosadi. 3000 AQSH dollari turadi. 

SHuning uchun ham, bugungi futboldagi munosabat, kishilarni bir-biri bilan olishishga arzimaydi!

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика