So’nggi yangiliklar

08:17Луис Энрике: "Парижда жуда кучли жамоага айланамиз, чунки йўқотадиган нарсамиз йўқ"  0 07:50U-23 Осиё кубоги. Бугун финалдан олдинги матбуот анжумани бўлиб ўтади   3 07:20Рустам Абдуҳамидов: "Амалдаги финалчиларнинг чиқиб кетиши ва "Қизириқ" Ўзбекистон кубогининг сенсациясига айланди"  0 06:40Қирол кубоги. "Ал Насср" - "Ал Ҳалиж" 3:1  3 06:30 Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Боруссия Д" - ПСЖ 1:0   0 02:00ЕЧЛ. "Боруссия Д" ўз уйида ўтган ярим финалнинг илк баҳсида ПСЖни мағлуб қилди  28 01:57Роналду "Ал Насср"ни Қирол кубоги финалига олиб чиқди. Финалдаги рақиб - "Ал Ҳилол"  8 01:38Арне Слотнинг "Ливерпул"даги илк трансфери ким бўлиши маълум  0 00:43"Реал" ой ўйинчисини аниқлади. У Винисиус ёки Родриго эмас  3 00:34Эрон. "Персеполис" "Сепахон" билан дуранг қайд этиб, биринчи ўринга кўтарилиб олиш имконияти йўққа чиқарди  0 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  1 23:55Файзуллаевга қизиқаётгани айтилган "Парма" А Серияга қайтди  3 23:32Лунин "Реал Мадрид" билан узоқ муддатли янги шартнома имзолайди  0 22:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Хурсандчилик ўтиб кетди. Ҳозир финалга тайёргарлик кўряпмиз"  13 22:30U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  12

"Inter"da mashg'ulot o'tkazgan va "Real Madrid"ga o'tishni istamagan Marat Bikmaev butsalarini mixga ildi (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Inter"da mashg'ulot o'tkazgan va "Real Madrid"ga o'tishni istamagan Marat Bikmaev butsalarini mixga ildi (mutolaa uchun)

O'zbekistonlik hujumchi bugun so'nggi uchrashuvini o'tkazdi.

Marat Bikmaev 1986 yilning 1 yanvar kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Futbol muhitida voyaga etgan yosh Marat bolaligidanoq millionlar o'yiniga mehr qo'ydi. Uning otasi Rifkat aka hatto bir marotaba Sobiq Ittifoq terma jamoasi safida maydonga tushishga ham muvaffaq bo'lgan. Lekin jarohat sabab faoliyatini erta yakunlagan. 

Otam kichkinaligimdan har bir qadamimni kuzatib borardi. U meni barchadan ko'proq qo'llab-quvvatlagan. Otam men bilan nafaqat uy o'yinlarida, balki boshqa shaharlarga ham borardi. Barchasi uchun undan minnatdorman.

Eldor Suyunov ("Paxtakor" klubi va O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni) Marat Bikmaev haqida:

Marat Bikmaev barchamizning xotiramizda hamisha yosh va kelajagi porloq futbolchi sifatida muhrlanib qoladi. U yaxshi fel-atvorga ega, samimiy inson. Unda hujumchilarga xos ego mavjud edi. Bikmaevning keyingi faoliyatiga omad tilab qolaman.

Maratning akasi ham futbol o'ynagan. Ammo, u ham katta futbolda uzoq muddat qolmagan. Bugungi qahramonimiz xuddi akasi singari CHig'atoy futbol maktabida to'p tepishni boshlagan. 

CHig'atoydagi mashg'ulotlar menga manzur bo'lgan, o'yinlarda maydonga tushardim, shahar kubogida o'ynardik. Uyimga ancha yaqin edi va har kuni mashg'ulotga borardim. Futboldagi faoliyatim aynan o'sha erdan boshlangan. Kichkinaligimda braziliyalik Ronaldoga o'xshashni orzu qilardim. Yoshligimda aynan u mening kumirim edi. Unga o'xshab o'ynashni istardim.

Hayotini futbolsiz tasavvur qila olmasligini tushunib etgan yosh Maratni Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga o'qishga qabul qilishdi. O'tgan asrning 60-yillarida Titov nomi bilan ochilgan ushbu sport dargohida futbolimizning eng nomdor vakillari tahsil olishgan. Bu baxt Maratga ham kulib boqqan. 

O'sha paytlari barcha yoshlarning orzusi “Paxtakor”da o'ynash edi. Menda ham shunday orzu bo'lgan. 2002 yilda bu orzuim ro'yoga chiqqan. Keyin Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga taklif etildim. U erda Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Sergey Arslonov, Sadriddin Abdullaev singari tengqurlarim bilan birga o'ynadik. “Paxtakor” asosiy tarkibida Tachmurad Agamuradov, yoshlarda Rauf Inileev bosh murabbiy edi. Asosiy tarkibdagi debyut uchrashuvim “So'g'diyona”ga qarshi bo'lib o'tgan. O'shanda jamoamizda Mirjalol Qosimov, Baxtiyor Ashurmatov, Leonid Koshelev singari mahoratli futbolchilar to'p tepishardi. Ular men uchun haqiqiy namuna edilar. Ilk o'yindayoq gol urganman. Buni hech qachon unuta olmayman.

Marat Bikmaev 2003 yili BAA yashil maydonlarida o'tgan yoshlar (U-20) o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan. 17 yoshli Marat O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida Argentina (66 daqiqa), Mali (70) va Ispaniya (90) yoshlariga qarshi maydonga tushgan. Kichik mundialdagi o'yinlari sabab uning bir zumda “sovchilari” ko'payib ketgan. 2004 yilda u Samaraning “Krilya Sovetov” klubi bilan shartnoma imzolaydi va 51-raqamli libosga ega chiqadi. 

O'shanda “Paxtakor”da Aleksandr Kleckov ham o'ynardi. Bizning italiyalik agentimiz bor edi. “Krilya Sovetov”dan avval bizni “Inter”ga ko'rikdan o'tish uchun olib borishgan. O'shanda milanliklar safida Ivan Kordoba, Kristian Veri kabi yulduzlar bor edi. Biz ikki oy davomida “Inter” yoshlar jamoasi bilan birga mashg'ulot o'tkazganmiz. Mashg'ulotni yakunlab, asosiy tarkib mashg'ulotlarini tomosha qilardik. Italiyada hujjatlar bilan bog'liq muammolar bor edi. Legioner hisoblanmaslik uchun Italiya pasportini olish kerak edi. Natijada murabbiy "Sen bizga mos emassan", dedi... Ikki oydan so'ng Kleckov Toshkentga qaytdi, men esa Samaraga ketdim. Yig'indan so'ng shartnoma tuzdim va Rossiyadagi faoliyatim boshlandi.

Men ancha yosh vaqtim xorijga ketganman va Rossiyaga borganimda yonimda hech kim bo'lmagan. SHu bois juda qiynalgandim. Maslahatgo'yim yo'q edi. Natijada ko'p vaqt bekorchi bo'lib qolganman. Hali 20ga to'lmagan yosh yigit edim, ko'p zerikardim va bekorchilikdan ko'chaga chiqib ketardim. Xullas atrofimda maslahat bera oladigan yaqinim bo'lmagan, baribir shu jamoadaman-ku deb yuraverganman.


Rossiyadagi ilk mavsumlar u qadar yorqin bo'lmagan. Ancha yosh edim va balki u qadar professional bo'lmagandirman. Bola edim. "Rubin"ga o'tganimda esa ancha o'zgargandim. O'shanda Qozon klubi bosh murabbiy Qurbon Berdiev menga tasirli gap aytgandi: yoki sen futbolni tugatasan, yoki aqlingni yig'ib olasan! SHundan keyin aqlimni yig'ib olganman. So'ngra "Spartak Nalchik"da ko'rikdan o'tganman. Bu jamoa safida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lgandim. Moslashish uchun hech qancha vaqt ketmagandi. Jamoa ligada qolish uchun kurashardi. SHu bois har bir bahsga to'liq kuch bilan o'ynardik. Tajribam oshib boraverdi. O'shanda Koller, Karyaka kabi yulduzlar o'ynardi. Nalchikda 2 yil o'ynadim va "Alaniya"dan taklif tushdi. Vadim SHevchuk boshchiligidagi jamoa quyi ligadan premer-ligaga chiqishni maqsad qilgandi. Aynan "Alaniya"da men uchun haqiqiy futbol hayoti boshlandi. Doimo maydonga tushardim, gollar urardim, futbolchi sifatida to'liq ochildim desam yanglishmayman. Evropa ligasi saralashida o'ynagandik. "Aktobe" to'sig'idan o'tgandik, guruh bosqichiga chiqish uchun "Beshiktosh" bilan o'ynagandik. Safarda 0:3 hisobida yutqazganmiz, uyda esa 2:0 hisobida g'olib bo'lgandik. Agar bu to'siqdan o'ta olganimizda Evropa ligasi guruh bosqichida o'ynardik. "Alaniya"dagi 2,5 yil ajoyib o'tgandi. Biz premer-ligaga chiqqandik, Rossiya Kubogi finaliga chiqqanmiz. To'g'ri finalda CSKAga yutqazganmiz, ammo final baribir final. SHunday bo'ldiki, biz premer-ligaga chiqqanimizdan keyin jamoaga boshqa legioner futbolchilar olib kelina boshlandi. Menga esa "Uzr, yo'llarimiz shu joyda ayriladi, o'zinga boshqa klub izlayver, sen ozodsan" deyishdi.

Islom To'xtaxo'jaev (OKMK klubi va O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi) Marat Bikmaev haqida:

Marat Bikmaev xushchaqchaq inson hamda ajoyib hujumchi. Unda boshqa hujumchilarga qaraganda bir ustun tomoni bor edi, yani u yuzaga kelgan vaziyatlarda deyarli xato qilmasdan, raqib darvozasiga to'p kiritardi.

Keyinchalik qahramonimiz Qozog'istonning “Aktobe”siga ko'chib o'tdi va 2013 yilda mamlakat chempioniga aylandi.

O'shanda Kapadze va Geynrix ham shu jamoada edi. Dastlbki yil Qozog'iston chempionatida 3-o'rinni egalladik. Keyingi mavsum chempionlik vazifasi qo'yilgandi va biz chempion bo'la olgandik. Ammo o'sha 2013 yil og'ir jarohat olgandim. O'sha jarohat menga hayotda ko'p narsani tushunib etishimga yordam berdi.   

Malum muddat jarohatini davolab, o'yin amaliyotisiz qolgan Bikmaev 2014 yil "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolaydi va to'rt yil davomida "temiryo'lchilar" sharafini himoya qildi.

Toshkentga qaytib kelib bir yil hech qaerda o'ynamadim. SHu damda "Lokomotiv" menga yordam qo'lini cho'zdi. Hech kim menga ishonmagan paytda "Lokomotiv" menga ishondi. Haligacha ushbu klubga rahmat aytaman. O'sha payt Vadim Abramov bosh murabbiy edi. Jarohatimni davolayotganda Abramov sen o'ynashing kerak tezroq tuzal deb aytardi. "Lokomotiv" safidagi debyutimda golli pas berganman va o'zimga bo'lgan ishonch paydo bo'lgan. Yaqinlarim meni qo'llab-quvvatlashdi. Agar ular bo'lmaganida bilmadim hozir qaerda bo'lardim. Sekin-asta gollar ura boshladim, 2016 yil men uchun sermahsul bo'ldi, 2017 yil esa shunchaki ajoyib o'tdi.

Yil yakuniga ko'ra, Marat Bikmaev O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

To'g'risini aytsam, buni kutmagandim. Xudoga shukr, mana shunday mukofotni qo'lga kiritdim. Buning uchun harakat qildim, jamoadoshlarimning yordami ham katta bo'ldi. Rahbariyatimiz, oila azolarim, farzandlarimning yutug'i bu. Buning uchun minnatdorchilik bildiraman. Haqli ravishda g'olib bo'ldim deb o'ylayman. Mavsum oldidan nechta to'p kiritishim haqida o'ylamayman. Men hujumchiman va albatta maydonga gol urish uchun chiqaman.

Abdumavlon Abdujalilov ("Lokomotiv" klubi darvozaboni) Marat Bikmaev haqida:

Marat Bikmaev jon-jahdi bilan harakatlanuvchi futbolchi edi. Yoshi o'tib borishiga qaramasdan, nafaqat o'yinlar, balki mashg'ulotlarda ham shiddatini yo'qotmasdi. U faqat g'alaba qozonishni xohlardi. Ko'p futbolchilarda yosh o'tgani sayin asabiylashish, qaysarlik, ko'ngil to'lmaslik holatlari uchraydi. Lekin Marat akadan bunday holatni kuzatmadim. U har doim yaxshi kayfiyatda yuradigan pozitiv inson hisoblanadi. Marat aka bilan suhbatlashish maroqli, sababi uning karerasiga faqatgina havas qilish mumkin. Barchaga shunday karera nasib qilishini xohlayman. Men ham buni orzu qilaman.

2018 yil ham Marat Bikmaev uchun unutilmas bo'ldi. O'sha mavsum milliy chempionatning ilk goliga mualliflik qilgan hujumchi terma jamoa safida KXDRga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (2:0) dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi. SHu bilan birga, u faoliyatidagi 100-golini urdi. Qolaversa, "Gennadiy Krasnickiy klubi" azosiga aylandi. 


Faoliyatdagi 100-golimni urganimdan xursandman. Ishlashda davom etamiz. 200-gol? Bir nima deyish qiyin. Kuchim etganicha gol urishda davom etaman.

2019 yilgi mavsum hujumchi poytaxtning boshqa grandi — "Paxtakor" safiga borib qo'shildi va o'sha yili mamlakat miqyosidagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi.


"Lokomotiv" safida ketma-ket uch marta chempion bo'ldim, ikki marta mamlakat kubogi va bir marta Superkubok sohibi bo'ldim. Men uchun buni davom ettirish juda muhim edi. "Lokomotiv" hozir ham eng yuqori maqsadlarni qo'ygan. Nima uchun "Paxtakor"ga qaytdim? Birinchidan, men barchasini aynan shu erda boshlaganman. Ikkinchidan, otam shu klubga o'tishimni istadi. Barchasi oddiy.

"Real Madrid"ga o'tishni istamagan Marat Bikmaev (VIDEO)

Keyinchalik Marat Bikmaev yana "Lokomotiv"ga qaytib, bir mavsum o'tkazdi. So'ngra "So'g'diyona" va "Dinamo" klublari sharafini himoya qildi. Samarqandliklar safida u gollar bo'yicha Superligadagi yuzlik dovonni zabt etdi.

2023 yilgi mavsum avvalida esa hujumchini qadrdon klubi qayta o'z bag'riga chorladi.

Men uchun muhimi "Lokomotiv" Superligaga qaytishi kerak, tamom. Bunday jamoaning o'rni Pro ligada emas. Sen Pro liga futbolchisiga kirmaysan, deganlar bo'ldi. Bunday gaplar qiziqtirmaydi. Birinchi o'rinda jamoa manfaati.

Maruf Jumaev ("Lokomotiv" klubi futbolchisi) Marat Bikmaev haqida:

Marat aka to'g'risida ko'p gapirishga hojat yo'q. U eng kuchli hujumchilardan biri sanaladi. Bir so'z bilan aytganda, uni afsona deb aytish mumkin. Marat aka xushchaqchaq, doim pozitiv kayfiyatda yuradi. Yosh futbolchilardan o'z maslahatlarini ayamaydi. Hujumchilarga maydonda qanday harakat qilish, raqib jarima maydonida nimalarga etibor berish, zarbani qanday yo'llash lozimligi to'g'risidagi tajribalarini ulashadi.

Marat Bikmaev milliy terma jamoadagi debyutini 2004 yilning 31 martida Tayvanga qarshi JCH-2006 saralash bahsida o'tkazdi. Ilk golini esa oaradn besh oy o'tgach, Falastinga qarshi o'yinda urdi. Milliy terma jamoada 55 o'yinda maydonga tushgan qahramonimiz, 8 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan. SHu bilan birga, u terma jamoa libosida to'rtta Osiyo kubogida maydonga tushgan. Biroq terma jamoadagi faoliyat uning uchun hamisha omadli bo'lmagan. 2004 yilgi qita turniri chorak finalida Bahrayn va O'zbekiston o'rtasidagi bahsning asosiy va qo'shimcha bo'limlari 2:2 hisobida yakunlangan. Penaltilar seriyasida aniq ijroni amalga oshirolmagan Bikmaev 2019 Osiyo kubogining nimchorak finalida yana shu holga tushib qoldi. Bu safar Avstraliya darvozaboni uning zarbasini qaytardi.

Avstraliya bilan o'yin og'ir bo'ldi. 2004 yil Bahrayn bilan o'yinda ham penaltidan gol ura olmagandim, ammo unda ancha yosh edim. Avstraliya bilan o'yindan keyin penalti tepish uchun borganimda gol urishimga ishonchim komil edi. Ammo OAVda 2004 yil Bikmaev Bahraynga gol ura olmagandi deb yozishgandi. Balki shu narsa xayolimdan o'tgandir. Odatda men 11 metrli jarima to'pi tepish uchun kelganimda bitta burchakni aniqlab olaman va o'sha tomonga tepaman. To'pni erga qo'yganimda boshimdan barcha narsa chiqib ketdi. Qaltirardim. Biroz o'ylab, o'zim tanlagan burchagimga tepaman deb o'yladim va zarba berdim. Ammo darvozabon oldindan o'sha tomonga tashlandi va to'pni qaytardi. Bu hayot, nima ham qila olamiz.

Marat Bikmaevning Janubiy Koreya darvozasiga urgan supergoli (VIDEO)

Umuman olganda, Marat Bikmaev etti karra O'zbekiston chempioni, uch marta mamlakat kubogi, shuningdek, Superkubok hamda Liga kubogi sohibi hisoblanadi. “Aktobe” tarkibida chempionlikdan tashqari bronza medallariga ham ega chiqqan.

Men hujumchi bo'lib tug'ilganman. Hujumchi uchun gol urish yoqimli his-tuyg'u baxsh etadi. SHunday ekan, hech qachon gol urishdan to'xtamayman. Bilasizmi, hujumchining qanaqa o'ynashiga emas, balki urgan gollariga qarashadi. Hujumchiman, shu bois gol urishni istayman. O'zimni ko'rsatishni, hammaga nimalarga qodirligimni ko'rsatmoqchiman. Ammo bizda 35 yoshga kirgan hujumchilarni doimo hisobdan chiqarishga o'rganib qolishgan.

Orzularimdan biri — o'g'limning futbolchi bo'lishini ko'rish. Hali ancha yosh va u qadar tushunmaydi. Kelajakda mendan ozgina bo'lsa ham kuchliroq futbolchi bo'lib etishishini orzu qilaman. Katta bo'lib vatanga foydasi tegishini istayman.

Bugun, yani 2023 yilning 15 oktyabr sanasida esa Marat Bikmaev futbolchilik faoliyatidagi so'nggi uchrashuvida maydonga tushib, "Yunired" darvozasini ishg'ol qildi. SHu tariqa, u "Lokomotiv" bilan Pro liga chempioniga aylandi. Hozirda OFKning murabbiylar uchun "A" licenziyasiga o'qishni boshlagan hujumchining kelgusida etuk murabbiy bo'lishini tilab qolamiz.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика