Dani Alves: “YO Qatarda chempion bo'lamiz, yo bosh sovrinni o'g'irlab ketamiz”

Eldor Akmurzayev
10 apr 2022, 09:10
Dani Alves Braziliya terma jamoasining JCH-2022'dagi maqsadi haqida gapirdi.

“Menga yetishamayotgan yagona sovrinni yutishni istayman. Qatardagi musobaqaning g'olibligiga da'vogarlik qila oladigan jamoamiz bor deb hisoblayman. Tarkibimizda yosh iqtidorlar bilan bir qatorda tajribali futbolchilar ham bor. Bizda imkoniyatlar bo'ladi. Ammo birinchi navbatda terma jamoadan chaqiruv olishim lozim. Chempion bo'lish uchun barcha narsani qilamiz, aks holda, kubokni o'g'irlab ketamiz”, – degan 38 yoshli himoyachi.

Eslatib o'tamiz, bo'lajak mundial guruh bosqichida “pentakampeonlar”ga Serbiya, Shveytsariya va Kamerun raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calcionews24