Dani Alves faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
10 mar 2019 00:47
Yangiliklar


Dani Alves faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
PSJ himoyachisi Daniel Alves faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Le Parisien.
Manbaning malumotiga ko'ra, 35 yoshli braziliyalik futbolchi parijliklar bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamagan. U erkin agent sifatida Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” tarkibiga borib qo'shilishni rejalashtirmoqda. Alves hamda Pep oldinroq “”Barselona”da birga faoliyat olib borgandi.
Dani Alvesh joriy mavsum PSJ safida 20 o'yinda qatnashib, 4 bora gollarga hammuallif bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar