Daily Mail: Devid Moyes Ozilni sotib olish fikridan qaytgan ekan
12 okt 2013 13:23
Yangiliklar

Daily Mail: Devid Moyes Ozilni sotib olish fikridan qaytgan ekan
"Manchester Yunayted" ustozi Devid Moyes transfer oynasining so'nggi kunida Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut Ozilani sotib olish fikridan qaytgan ekan, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Manbaning xabariga ko'ra "MYU"da Ozil "Arsenal"da tibbiy ko'rikdan o'tganidan keyin ham futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun imkon bo'lgan. Ozilning o'zi ham ko'proq "MYU"ga o'tishni istagandi.
Biroq "Manchester Yunayted" ustozi Devid Moyes bunday futbolchi klubga kerak emas deb hisoblagan. "Yunayted" "Atletik" vakili Ander Errera uchun 36 million funt berishga rozi bo'lmagan, so'ngra "Real"dan Fabiu Koentrau va Sami Xedirani so'rashgan, ammo bu transferlar ham amalga oshmagan. Yakunda "MYU" "Everton"dan Maruan Fellaynini sotib oldi.

Fikrlar