So’nggi yangiliklar

00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  8 23:56Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Мальорка". Таркиблар аниқ!  1 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  0 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  0 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  6 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  23 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0 20:17Мирко Еличич: "Суперлиганинг баъзи жамоалари кўрсатаётган футбол сифатидан қониқмаяпман"  1 19:54"Реал" базасининг 85 гектар ерида янги шаҳар қурилади  9 19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  3 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  4 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1

Superliga. 18 yoshli futbolchi bir kishi kam "Surxon"ga g'alaba taqdim etdi va "Bunyodkor"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi Yangiliklar

Superliga. 18 yoshli futbolchi bir kishi kam "Surxon"ga g'alaba taqdim etdi va "Bunyodkor"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi

Coca Cola Superligasining 7-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Bunyodkor" uchrashuvi yakunlandi.

Coca-Cola Superligasi, 7-tur
SURXON – BUNYODKOR 1:0
21 aprel. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17:00.

Gol: Asilbek Jumaev 52'
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Sanjar Nazarov
VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev
AVAR: Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 2.Bobirjon Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun SHerbo'taev, 10.Tamirlan Jamalutdinov (99.Komron Saydazimov, 46), 18.Silvanus Nimeli (5.Azizbek Pirmuhammadov, 90+3), 19.Nuriddin Hasanov (77.Asadbek Karimov, 40), 27.Asilbek Jumaev (15.Diyor Ramazonov,, 85), 55.SHohjahon Sultonmurodov, 66.Behruz SHaydulov.
Zaxira: 86.Davron Merganov, 6.Artyom Sokol, 16.Artyom Filiposyan, 22. Javohir Jo'raev, 25.Nodirbek Bobomurodov.

"Bunyodkor": 32.Suhrob Sultonov, 2.Aleksey Nosko, 5.Jasurbek Yoqubov (33.Doniyor Abdumannopov, 57), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Akbarjon Ismatullaev (45.Farhod O'tkurov,, 80), 10.Rasul Yo'ldoshev, 11.Igor Ivanovich, 15.Jasur Hakimov (29.Muzaffar Olimjonov, 64), 17.Viktor Sotnikau (36.Diyorbek Jaloliddinov, 46, 14.Ahmadjon Anvarov, 80), 22.Usmonali Ismonaliev, 34.Suhrob Izzatov.
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 25.Muhammadsafo Fozilov, 37.Muhammadodil Qahramonov, 57.Amir To'raqulov.

Ogohlantirishlar: Igor Ivanovich (35), Viktor Sotnikau (36), Azizbek Pirmuhammadov (90+9).

CHetlatish: Asadbek Karimov (72).


BAHS YAKUNLANDI! 18 yoshli yarim himoyachi Asilbek Jumaev termizliklarga g'alaba olib keldi va "Bunyodkor"ning mag'lubiyatsiz seriyasi tugatilishiga sababchi bo'ldi.  

90+9. Azizbek Pirmuhammadov so'nggi soniyalarda sariq kartochka ishlab oldi. 

90+9. Noskoning zarbasidan keyin to'p maydondan chiqib ketdi. 

90+3. "Surxon"da almashtirish: Silvanus Nimeli o'rniga Azizbek Pirmuhammadov o'yinni tugatib qo'yadi. 

90. Ikkinchi taymga 9 daqiqa qo'shildi. 

85. Zarbaaaa! Ivanovichning 13 metrdan bergan zarbasi noaniq ketdi. 

85. Gol muallifi Jumaev o'rniga Ramazonov o'yinga qo'shildi. 

80. Diyorbek Jaloliddinov o'z o'rnini Ahmadjon Anvarovga, Akbarjon Ismatullaev esa o'rnini Farhod O'tkurovga bo'shatib berdi. 

77. Maydondagi kurash qizg'in tus ola boshladi. 

72. Tantashev Asadbek Karimovning sariq kartochkasini qizilga almashtirdi. "Surxon" bir kishi kam bo'lib qoldi.

71. Bosh hakam VAR orqali ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqmoqda. 

70. Asadbek Karimov qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

68. Asadbek Karimovga tibbiy yordam namoyish etilmoqda. 

64. "Bunyodkor"da o'zgarish: Hakimov o'rniga Olimjonov uchrashuvni davom ettiradi. 

62. Hamidjonov zarba yo'llayman deb, Jaloliddinovni oyog'iga tepib yubordi. Hakam vaziyatga yaqin turgani uchun holatni to'g'ri baholadi. 

59. "Bunyodkor" ham hujum tashkil eta boshladi, ammo termizliklar himoyasi ishonli o'ynamoqda. 

57. "Bunyodkor"da almashtirish: Yoqubov o'rniga Abdumannopov maydonga tushdi. 

55. Vau! Asadbek Karimov "Bunyodkor" himoyasini parchalab yubordi. U hatto darvozabonni ham aldadi, ammo yakunda uning tepgan to'pi Yoqubovga tegib qoldi.  

53. Zarbaaaa! Karimovning zarbasidan keyin Sultonov to'pni qaytardi!  

52. GOOOOOOOOOL!  Hamidjonovning uzatmasidan keyin Karimov-Nimeli-Jumaev uchligi ketma-ket zarba berishdi. Yakunda yarim himoyachi Asilbek Jumaev hisobni ochishga erishdi!

50. Ivanovichga yaxshi uzatma kelayotgan edi, ammo u ofsaydda qolgani malum bo'ldi. 

46. "Surxon"da o'zgarish: Jamalutdinov o'rniga Saydazimov bahsni davom ettiradi. 

46. "Bunyodkor"da almashtirish: Sotnikau o'rniga Jaloliddinov tushirildi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45+2. "Bunyodkor" taym so'ngida faollikni oshirib, gol urish uchun harakat qilmoqda. 

45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Zarbaaa! Jasur Hakimovning bosh bilan bergan zarbasi sal noaniq chiqdi. 

40. Nuriddin Hasanov jarohat tufayli o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga Asadbek Karimov maydonga tushirildi. 

38. Zarba! Humoyun SHerbo'taevning kutilmaganda jarimadan yo'llagan zarbasi ozgina noaniq ko'rinish oldi.  

36. Bir daqiqa o'tar-o'tmas Viktor Sotnikau Sunnatulloh Hamidjonovni yiqitdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

35. Igor Ivanovich Asilbek Jumaevgi nisbatan qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi. 

32. Ikki jamoa muxlislari o'yinga fayz berib turishibdi. 

30. Zarba! Avazbek O'lmasalievning burchak to'pidan keyingi zarbasini darvozabon ushlab oldi.

27. Qanday vaziyat! Sotnikau markazda bir o'zi qolib ketgan Ivanovichni to'p bilan taminlay olmadi. Uning qanotdan oshirgan to'pi maydonni tark etdi. 

25. Asilbek Jumaev o'ng qanotdan uzatmani amalga oshiraman deb, to'pni osmon-u falakka yo'naltirdi... 

22. Uuuuux! Jasur Hakimovning fint orqali bergan pasidan so'ng Igor Ivanovichning yaqin masofadan zarba berdi va Artyom Potapov "Surxon"ni goldan saqlab qoldi! 

21. Sunnatulloh Hamidjonov to'p uchun kurash chog'ida Igor Ivanovichga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

19. Zarbaaaa!  Jamalutdinovning aylanma zarbasidan keyin Sultonov seyv namoyish etdi! 

17. Nosko maydon markazida Silvanusni qoidani buzish evaziga to'xtatib qoldi. 

15. Zarbaaa! Izzatovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Nosko bosh bilan darvozaga yo'lladi. Zarbaga ozgina noaniq ketdi. 

12. Asilbek Jumaev o'ng qanotda faollik ko'rsatib, jamoasi foydasiga "aut" ishlab oldi.  "Qaldirg'ochlar" himoyachilariga bu vaziyatda sovuqqonlik etishmadi. 

10. Zarbaaa! Markazdagi Silvanus qanotdan oshirib berilgan to'pni darvoza tomon yo'llashga harakat qildi, noaniq.   

8. Zarbaaaa! Termizliklarda birinchi xavfli vaziyat!  CHap qanot vakili Doston Tursunovning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi ustunga tegib qaytdi! 

6. Silvanus Nimeli raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, yiqilib tushdi. Tantashev o'yinni 5-10 soniyaga to'xtatib, VAR'ni tinglab ko'rdi va qoida buzish yo'qligini aniqlashtirib oldi.

4. Tamirlan Jamalutdinov chap qanotda Jasurbek Yoqubov bilan to'qnashib ketdi, rossiyalik futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

2. "Surxon" bugun mezbon sifatida sariq, "Bunyodkor" esa oq rangli libosda harakat qilmoqda.  

1. Bahs boshlandi! 

Foto: Jahongir Fayzullaev

- Uchrashuv 17:00 da start oladi. 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика