So’nggi yangiliklar

19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  2 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  0 17:23"Жайхун" — "Локомотив". Таркиблар маълум  1 16:34Влахович фойдали таклиф сабаб А Серияни тарк этиши мумкин  0 16:08Леау Ла Лиганинг топ клубларидан бирига ўтиши мумкин  2 15:40Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега?  18 14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   18 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  4 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  6 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  27 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  3 11:17Осимхен "Ал Ҳилол"га ўтмоқдами?  1

Coca Cola Superligasi. "Mashal" 10 yillik tanaffusdan so'ng "Lokomotiv"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Mashal" 10 yillik tanaffusdan so'ng "Lokomotiv"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH



"Gazchilar” “temiryo'lchilar”ni so'nggi bor 2010 yilning avgustida mag'lub etishgandi. O'shanda “Mashal” o'yinchilari toshkentliklarni 2:0 hisobida enggandi. Yani 10 yildan buyon Muborak klubi "Lokomotiv"ni mag'lub eta olmay kelayotgan edi . 

90+3. Uchrashuv tugadi, "Lokomotiv" - "Mashal" 0:1

90+1. ZARBA !Afoninning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

87. ZARBA! Abduxoliqovning zarbasidan keyin to'pni Davronov ushlab oldi

80. O'zgarish. "Mashal". Ella Ken o'rniga Ahror Inoyatov tushdi

79. ZARBAAAA! Oybek Qilichevning jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi!

77. O'zgarish. "Mashal". Nikita Pavlenko o'rniga Ibrohim No'monov tushdi

77. O'zgarishlar. "Lokomotiv". Pogrebnyak va SHaymanov o'rniga G'anixonov va Saydazimov tushdi

75. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Mo'min Meliev jarima maydoni ichidan zarba berdi, Nesterovdan ajoyib seyv! 

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Najmiddin Normurodov jarima to'pidan ajoyib gol urdi, u to'pni erlatib yo'lladi - 0:1. 

68. O'zgarishlar. "Lokomotiv". Muhammadiev o'rniga Alijonov, O'lmasaliev o'rniga Qilichev tushdi

66. O'zgarish. "Mashal". Ifeani o'rniga Mo'min Meliev tushdi

65. ZARBAAAAAAAAAA! Fayzievning o'ng qanotdan uzatgan to'pini SHaymanov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Davronovdan ajoyib seyv, Damyanovichning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

63. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Vadim Afonin

60. SHerzod Temirovning zarbasi biroz noaniq ketdi

57. ZARBA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Timurxo'ja Abduxoliqov boshi bilan darvozaga noaniq yo'lladi

52. ZARBAAA! Sirojiddin Qo'zievning kuchli va aniq zarbasidan keyin to'pni Nesterov qaytardi! 

50. Ogohlantirish. "Lokomotiv". SHahzod SHaymanov

46. Ikkinchi taym boshlandi

O'zgarish. "Lokomotiv". Davron Umirov o'rniga Vadim Afonin tushdi


45+1. Birinchi taym tugadi. Hozircha 0:0

45. Mehmonlarda jarima to'pi. ZARBA! Abbos SHodmonovning aylanma zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi, xavfli chiqdi juda! 

43. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Farrux Ibrohimov

38. ZARBAAA! Burchak to'pidan keyin Ubaydullaev boshi bilan zarba berdi, noaniq!

34. ZARBA! Nikita Pavlenkoning zarbasi noaniq ketdi

28. ZARBA! Burchak to'pidan keyin Jamoliddin Ubaydullaev to'xtatmasdan zarba berdi, ancha noaniq!

22. Ogohlantirish. "Mashal". Nikita Pavlenko

20. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Kaxi Maxaradze

18. ZARBAAAAAA! O'lmasaliev maydon markazidan darvozaga zarba berdi, Rahimjon Davronov o'z o'rnida

17. ZARBAAA! Avazbek O'lmasalievning zarbasi noaniq chiqdi, xavfli edi

15. To'p nazorati "Lokomotiv"ga o'tdi, Fyodorov shogirdlari qaysi tomondan hujumga o'tishni o'ylashmoqda

9. Mehmonlarning hujumi, Ifeani tomonidan jarima maydoniga uzatilgan to'pni Nesterov osonlik bilan ushlab oldi

5. Hozircha o'yin tempi yuqori emas. Jamoalar maydonga moslashishmoqda...

1. Uchrashuv boshlandi!



Coca Cola Superliga. 9-tur
14 iyul, seshanba
LOKOMOTIV – MASH'AL 0:1
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Ahmed Tillaev

Gol: Najmiddin Normurodov 71, - 0:1.

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 4.SHahzod SHaymanov (22.Kamron Saidazimov, 77), 5.Slavko Damyanovich, 6.Davron Umirov (8.Vadim Afonin, 46), 7.Kaxi Maxaradze, 9.Kirill Pogrebnyak (18.Ibrohim G'anixonov, 77), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 19.Avazbek O'lmasaliev (70.Oybek Qilichev, 68), 28.SHuhrat Muhammadiev (25.Javohir Alijonov, 68), 37.SHerzod Fayziev, 80.Farruxjon Ibrohimov.
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 10.Marat Bikmaev, 26.Dilshod Komilov, 77.Diyorjon Turopov.

"Mashal": 35.Rahimjon Davronov, 5.Najmiddin Normurodov, 6.Sirojiddin Rahmatullaev, 7.Ifeani Ifeani (11.Mo'minjon Meliev, 66), 9.Nikita Pavlenko (77.Ibrohim No'monov, 77), 10.SHerzod Temirov, 14. Ella Ken Armand (8.Ahror Inoyatov, 80), 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 18.Abbos SHodmonov, 22.Sirojiddin Qo'ziev, 23.Samandar SHukurillaev.
Zaxira: 12.Dostonbek To'xtaboev, 15.Muhammadali Aliqulov, 21.Maruf Jumaev, 28.Ubaydullo Xoliqulov, 33.Denis Vasilev, 70.Didar Durdiev, .

Ogohlantirishlar: Kaxi Maxaradze 20, Nikita Pavlenko 22, Farrux Ibrohimov 43, SHahzod SHaymanov 50, Vadim Afonin 63,


Lokomotiv

Superliga. 9-tur

14/07/2020, 19:00

1
:
0
Tugadi

Mash’al

Najmiddin Normurodov - 71'

45'
90'
20'  Kaxi Maxaradze
43'  Farrux Ibrohimov
46'  Davron Umirov (Vadim Afonin)
50'  Shahzod Shaymanov
63'  Vadim Afonin
68'  Avazbek O'lmasaliev (Oybek Qilichev)
68'  Shuhrat Muhammadiyev (Javohir Alijonov)
77'  Shahzod Shaymanov (Kamron Saidazimov)
77'  Kirill Pogrebnyak (Ibrohim G'anixonov)
22'  Nikita Pavlenko
66'  Ifeanyi Ifeanyi (Mo'min Meliev)
71'  Najmiddin Normurodov
77'  Nikita Pavlenko (Ibrohim No'monov)
80'  Ella Ken Arman (Ahrorzhon Inoyatov)


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика