Coca Cola Superligasi. 9-turda "Navbahor", "Lokomotiv" va "So'g'diyona"da bittadan yo'qotish
11 iyu 2020 15:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580312_original.jpg)
![](/upload/storage/580312_220.jpg)
Coca Cola Superligasi. 9-turda "Navbahor", "Lokomotiv" va "So'g'diyona"da bittadan yo'qotish
Ertaga, 12 iyul kuni Coca Cola Superligasida 9-tur o'yinlari boshlanadi.
Mazkur turni uch nafar futbolchi sariq kartochkalari 4taga etgani bois o'tkazib yuboradi.
"Navbahor" yarim himoyachisi Ivan Solovyov o'tgan tur "Bunyodkor" bilan bahsda sariq kartochka olgani uchun "Qizilqum" bilan o'yinni faqat tomosha qiladi xolos.
"Lokomotiv" himoyachisi Davron Hoshimov esa "Surxon" bilan uchrashuvda ogohlantirildi va endi "Mashal" bilan o'yinda qatnasha olmaydi.
"So'g'diyona" hujumchisi SHohruz Norxonov "Buxoro" bilan o'yinda sariq kartochka bilan jazolangandi, shu bois ertaga "Metallurg"ga qarshi bahsda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar