Davron Hoshimov "Navbahor"dan ketdi

Aziz Tukhtamuradov
6 yanv 2024
31 yoshli tajribali himoyachi Davronbek Hoshimov "Navbahor"ni tark etdi.

Hoshimov “Navbahor” tarkibiga 2020 yilning 2-davrasida qo'shilib, 2023 yil yakuniga qadar o'ynadi. 

“Lochinlar” tarkibidagi 3,5 yillik faoliyati davomida tajribali futbolchi Superliga bahslarida jami 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qildi.

“Navbahor”ning so'nggi yillardagi muvaffaqiyatlariga tajribali himoyachi munosib hissa qo'shdi.   

Biz Davronbek Hoshimovga “Navbahor”dagi faoliyati uchun klubimiz va muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirib, yangi jamoasida omad yor bo'lishini tilaymiz, deyiladi "Navbahor" klubi matbuot xizmati xabarida.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: