Coca Cola Superligasi. 9-turda "Navbahor", "Lokomotiv" va "So'g'diyona"da bittadan yo'qotish

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2020, 15:32
Ertaga, 12 iyul kuni Coca Cola Superligasida 9-tur o'yinlari boshlanadi.

Mazkur turni uch nafar futbolchi sariq kartochkalari 4taga etgani bois o'tkazib yuboradi.

"Navbahor" yarim himoyachisi Ivan Solovyov o'tgan tur "Bunyodkor" bilan bahsda sariq kartochka olgani uchun "Qizilqum" bilan o'yinni faqat tomosha qiladi xolos.

"Lokomotiv" himoyachisi Davron Hoshimov esa "Surxon" bilan uchrashuvda ogohlantirildi va endi "Mashal" bilan o'yinda qatnasha olmaydi.

"So'g'diyona" hujumchisi Shohruz Norxonov "Buxoro" bilan o'yinda sariq kartochka bilan jazolangandi, shu bois ertaga "Metallurg"ga qarshi bahsda jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia