So’nggi yangiliklar

21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  7 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2

CHukvuezening "Milan"ga sotilishi - "Vilyarreal" uchun juda og'riqli zarba Yangiliklar

CHukvuezening "Milan"ga sotilishi - "Vilyarreal" uchun juda og'riqli zarba

"Keramika"dagi bunday "akciya" – bu "CVC" bilan tuzilgan ahmoqona shartnoma oqibati.

Mana yozning ikki oyi ortda qoldi hamki biz "Sevilya" ko'p va xo'p sotuvlarni amalga oshirishi haqida eshitamiz (malumotlarga ko'ra, aynan shuning uchun Monchi "Aston Villa"ga ketib qolgan va u erda Unai Emeri bilan top loyihaning tamal toshini qo'ymoqda), ammo amalda butun Ispaniya uchun o'yinchi sotish bilan "Vilyarreal" shug'ullanmoqda.

Boshqa vaziyat, boshqa davrda "Vilyarreal"ning transfer bozoridagi bunday faolligini maqtashimiz mumkin bo'lardi. Biroq sotuvlardan tushgan deyarli 100 mln evro – bu o'z futbolchilarini zo'r sota olish qobiliyati emas, raqobatbardosh bo'lish uchun majburiy yurishdir. 

Niko Jekson "CHelsi"ga, Pau Torres "Aston Villa", Bulaye Dia "Salernitana"ga va nihoyat Samuel CHukveze "Milan"ga – bu faqatgina siz eshitgan transferlar. CHunki "Malork"dagi Manu Morlanes, "Jirona"dagi Ivan Martina va "Everton"ga ijaraga berib yuborilgan Arno Danjumani ham unutmaslik lozim.

Tabiiyki, Jekson, Torres va CHukveze – bu hozirgi "Vilyarreal"ning asosiy aktivlari edi va klub ularni sotib yuborishga qaror qildi. Biroq aynan "Milan" bilan kelishuv – "Keramika"dagilar "CVC shartnomasi" ortidan yuzaga kelgan moliyaviy qiyin vaziyatdan chiqish uchun yo'llar izlab topayotganining yaqqol namunasi.

Jekson oxirgi ikki yilning bir necha oyida "Vilyarreal"ni oldinga etaklay oldi, qolgan vaqtda avval adaptaciya jarayoni ketdi, keyin esa jarohatlar muammo bo'ldi. Torres ham o'z "pikidan" o'tib, "Aston Villa" sotib olgunga qadar ham narxda, ham o'yin jihatidan pasayib ketayotgandi. CHukveze esa ayni kuchaygan pallada "Milan"ga yo'l oldi.

"Vilyarreal" Jekson, Torres va CHukvezeni o'rnini sezdirmay yopishga harakat qilyapti, lekin hozircha bu faqatgina son bilan amalga oshiralayotgandek. Brereton va Serlot ikkisi bir bo'lib ham Jekson bajargan ko'lamdagi ishni qilib bera olishiga shubha bor, Axomax esa CHukveze bo'lishiga hali bordek.

Boshqa tomondan Keramikaga markaziy yangi yarim himoyachilar kelgan: Denis Suares va Ramon Terratsdan tortib, Santi Komesanyagacha. Xo'sh, "Vilyarreal" ularga qancha pul sarfladi, deysizmi? Aytishga til bormaydi, 2.5 mln evro... Bu pullar "Jirona" hisobiga borib tushdi.

Umumuan olganda, Kike Seten va Jerar Moreno – "Vilyarreal" hali ham o'yinda qolayotganing "yolg'iz aybdorlari".

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика