Ertangi final oldidan 1/2 final kuni 1 yoshlik ukasi vafot etgan, APLning eng qimmat o'yinchisi Grilish haqida, uning oyoqlari "SA" obektivida

Nadirkhuja Yuldashev
21 dek 2023, 18:50
Jek Grilish 2021/22 yilgi mavsumda "Manchester Siti"ning bugungi homiylari yordamida "Aston Villa"dan 117.5 mlnga sotib olinadi.

Bu APL tarixida 100 mln funtga (funt evrodan baland yuradi) xarid qilingan ilk futbolchi sifatida tarixda qoldi. 


Grilish "Aston Villa" akademiyasi tarbiyalanuvchisi, o'rtada bir mavsum 18 yoshida uchinchi dvizion vakili "Notts Kaunti"ni aylanib keladi. Tajriba to'plab uyiga qaytgan Jekning "Aston Villaga" qaytishi jamoaning inqirozli davriga to'g'ri kelgan. Klub 2016 yil Premer Ligadan tushib ketadi va 3 mavsumni o'sha yerda o'tkazib 2019 yildagina kuchlilar safida mavsumni boshlaydi. Qizig'i shundaki o'sha paytlar Grilish uchun katta summa to'laydigan klub topilmadi. Skautlar yaxshi ishlamadimi yoki uning o'zi istamagan bilmadim. Qisqasi u 2022/23 mavsumda dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchilaridan biri sifatida bir yo'la uchta sovrinni qo'lga kiritdi, Angliya Premer ligasi, Angliya Kubogi va Yevropa chempionlar ligasi. 




Kelib chiqishi irland, ammo o'zi Birmengemda tavallud topgan Jekning ota onasi 2000 yil "Aston Villa" va "Bolton" o'rtasidagi Angliya Kubogi yarim finalini tomosha qilishga "Uembli"ga ketishgan bir paytda, uyda qolgan 1 yoshli ukasi Kilanning uyqusida vafot etadi. 5 yoshlik Jek ukasini hamon unutmaydi, ahyon ahyon u o'zining instagramdagi sahifasida uni eslab turadi. "Aston Villa" safidagi birinchi golini ham unga bag'ishlagan.




Bir emas uchta sovrin yutgan Grilish mavsum so'nggida uni haddan tashqari nishonlab yuborgani Angliya matbuotidan tushmaganiga ko'p bo'lmadi. "Manchester Siti" va "Urava Reds" jamoalari o'rtasidagi o'yin "Al Ahli" hamda "Fluminense" o'yinichalik bo'lmadi. Braziliya va Misr jamoalari ko'rsatgan o'yinning jozibasiga yetishiga yaponlarda na kuch, na mahorat yetishmaganligi uchun shaharliklarga qarshilik ko'rsata olmadilar. Men esa betaraf muxlis sifatida Grilishning harakatlarini maza qilib kuzatdim. To'g'risini aytaman Yevropaga futbolidan ancha chetga chiqib qolganman, o'z paytida o'zim ishqibozlik qilgan jamoalar, "Barselona" va "Arsenal"ning bugungi kundagi 5 nafar futbolchisini yoddan aytib bera olmayman, lekin yaxshi o'yinni jonli ko'rish imkoniyati tug'ilsa jim tura olmayman. 


Jiddadagi jahon chempionati ayni muddao bo'ldi. Bu yerda Superliga tugagan, Toshkentda ish kam, dam olish uchun ham ayni muddao. O'yin tugaganiga 2 kun bo'lgan, maqola bugun chiqyapti. O'rtada ziyoratda bo'lib, qo'llarimni duo ochib barchangizning oilangizga baraka va sihat salomatlik tiladim. 






Terma jamoamiz arab diyorlarida to'p tepganda ob havo haqida yozsak, buni ko'pchilik bahona deydi. Arab mamlakatlarida to'p tepgan bir futbolchimizning gapi yodimda.

- O'yin kechki 20 00 dan keyin boshlanishi mumkin, lekin bularni o'zi ham bu havoda o'ynashga qiynaladi. Bahsdan keyin albatta tiklanish uchun maxsus ukollar olishadi. Juda qiyin.




O'yindan keyin maysada yotgan Grilishni "Urava Reds" futbolchisi kelib turg'izmaganida, uni kuchi qolmagandi. Futbolka berish bahonasi u turdi. Qisqasi, Xollandni ko'raman deb o'zim uchun Grilishni kashf qildim.





Bugun marketing sohasida katta odam bo'lib ketgan maktabdagi do'stim Aziz Yusufov instagramda Grilishning qo'ygan suratimga, uning oyoqlarini ko'rdingmi deb yozgandi. Nafaqat ko'rdim, balki maqola uchun suratga ham olib qo'ygandim. Balki kadrlar bu oyoqni TVda to'liq ochib bera olmaslik mumkin, lekin uni maydondagi foydasi, raqib futbolchisini kelib urilsa chivin chaqqanchalik bilinmasligini ko'rish boshqacha edi. Bunaqasini "Zenit" va "Al Jazira" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida Xalkda ko'rganman. O'shanda Sardor Rashidovga muxlislik qilish uchun o'yinga kirgandik.

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia