So’nggi yangiliklar

12:17"Тоттенхэм" медиа олами вакилларидан уларни "Тоттенхэм Хотспур" ёки "шпорлар" деб аташини сўради  0 10:57Баҳодир Қурбонов: "Биринчи қадамни футболни рақамлаштиришдан бошлаймиз"  4 10:50Футбол тарихидаги энг яхши ўнг қанот ҳимоячилар рейтинги тузилди (Топ-15)  15 10:21Расман: Баҳодир Қурбонов — Ўзбекистон футбол Ассоциацияси янги президенти  11 10:18«Нефтчи» мухлисларга қулайлик яратиш учун йиллик абонемент сотувини бошлади  7 09:50Гвардиола ҳимоячиларининг жароҳати ҳақида фикр билдирди  7 09:13Ислом Исмоилов: «Мақсадимиз ҳар бир футболчимизни Осиё кубогига оптимал ҳолатда тайёрлаш»  4 08:46Довбикнинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  7 08:18Саудия клублардан бири Винисиус Жуниор трансфери бўйича аниқ сумма таклиф қилди  12 07:55«Челси» А Серия футболчиси учун 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 07:29АПЛ. 26-турнинг илк баҳсида йирик ҳисоб қайд этилди  1 01:30"Goal" ЕЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  12 00:45Салоҳ ўзини Холанд билан солиштирди  11 00:15Саудия Арабистони. Вийналдумнинг дубли "Ал Насср"ни мағлуб қилди  31 23:45ЕЧЛ. Нимчорак финал тақвими маълум қилинди  8

CHo'qqidan "CHuqur"ga... Yangiliklar

CHo'qqidan "CHuqur"ga...

Odam o'zini unutsa, uni boshqalar yoddan chiqarishiga ko'p vaqt ketmaydi...

Sarlavhadan keyin start ham g'alati bo'ldi. Yana oxiriga ko'p nuqta qo'yilgan. Mazkur (...) belgi turli manolarni ifodalashini bilasiz: gapning tugallanmagani, fikr yo'nalishining keskin burilishi, so'zlovchining hayajonlanishi va hokazo. Bugun siz bilan aytadigan gaplari bitmagan, ammo hikoyasining oxiriga ... qo'yilgan qahramon haqida suhbatlashamiz.

Hozir qanchalik tushkun kayfiyat bag'ishlamasin, bu hikoya rangli harflar bilan boshlangan, zamonida ko'pchilikka umid bergan edi. U futbol olamiga to'fondek kirib keldi. 3-diviziondan APLga o'tganida atigi 19 yoshda bo'lib, dastlabki mavsumning o'zidayoq eng yaxshilar qatorini band qildi. 

Evropa chempionatida Runining yoniga Xenderson yoki Milner emas, u qo'yildi. Jahon chempionati arafasida transfermarkt portali 22 yoshli qahramonimizni 100 mln evroga baholadi (hozir er sharida atigi 3 nafar shunday futbolchi bor). 

2019 yilda jamoasini ECHL finaliga etaklar ekan, uning nomi "Pari Sen-Jermen", "Real Madrid" singari klublar bilan bog'langandi. Bugun esa APLning o'rtamiyona jamoalaridan ham xaridor topilmayapti.

Yangi mavsumni "Everton"da boshlagan xavbek gol urishni unutib qo'yganiga ancha bo'ldi. Aniqrog'i, roppa-rosa 1 yildan beri hech qaysi jamoani xafa qilmayapti. Gol nima? 19 yoshida Angliya termasining ajralmas bo'lagiga aylangan yigitcha bugun APLda o'ynolmayapti. 2022 yilda bor-yo'g'i 367 daqiqa.

Allaqachon payqagan bo'lishingiz kerak, siz "Tottenxem"dagi o'yinlari orqali tanigan Dele Alli haqida gapiryapmiz. 2018 yilda 100 millionga baholangan yarim himoyachining narxi 26 yoshida 16 millionga tushib qoldi. Bunday "cho'kish"dan keyin futbolchiga top-ligalardan taklif topilmadi. O'z navbatida Lempard ham uni "Everton"da ko'rishni istamayapti. SHu tufayli Alli oldidagi yagona jiddiy chaqiriqni qabul qilib, "Beshiktosh"ga o'tdi.

U Balotelli va Gomez kabi Turkiyada o'zini qayta kashf qila oladimi? Yoki Istanbul Delega ham kattalik qiladimi? Buni hozircha bilmaymiz. Ammo bitta narsa aniq. APL — shubhasiz, eng kuchli liga. "Vodafon Park" stadioni esa "CHuqur" seriali suratga olingan mashhur mahalladan 3 km uzoqlikda joylashgan.

Muallifning telegramdagi kanali → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика