So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  2 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  1 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  8 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

CHL guruh bosqichida o'ynagan va hozirda pastki ligalarda yurgan "Deportivo", "Rubin", "Malaga", "Blekbern" va yana 12ta klub Yangiliklar

CHL guruh bosqichida o'ynagan va hozirda pastki ligalarda yurgan "Deportivo", "Rubin", "Malaga", "Blekbern" va yana 12ta klub

Yoki umuman mavjud emas.

1992/93 yilgi mavsumdan buyon CHempionlar Ligasi guruh bosqichida 148ta klub ishtirok etdi, ammo ulardan 16tasi hozirda hatto o'z mamlakatlarining oliy divizionida ham o'ynashmayapti.


Ular bilan nima bo'ldi?


"Blekbern", Angliya (CHLdagi so'nggi ishtirok — 1995/96)



"Blekbern" 1995 yili Angliya chempioni bo'ldi va birinchi va so'nggi bor CHL guruhida o'ynadi. Britaniya klubi 1996 yilgi yozni yomon o'tkazdi va kuz ham unchalik omadli bo'lmadi: jamoa "Spartak", "Rusenborg" va "Legiya" bor guruhda so'nggi o'rinda bo'ldi va faqatgina Grem Le So va Devid Bittining urushi bilan yodda qoldi.


"Blekbern" shundan buyon ikki bor APLdan pastki ligaga tushib ketdi, so'nggi esa halokatli bo'ldi: mana o'n yildan beri jamoa elitaga qayta olmayapti.


"Parma", Italiya (1997/98)



"Parma" Italiyaning ikkinchi jamoasi sifatida CHLga chiqdi, Karlo Anchelotti yigitlari boshqa evrokuboklarda ham yomon ishtirok etishmadi. "Parma" guruhda ikkinchi bo'ldi, ammo keyingi bosqichga chiqmadi, sababi jamoa ikkinchi o'rinni egallaganlar orasida eng yomon natija qayd etgan edi.


Ushbu "Parma" shundan so'ng Moskvadagi UEFA Kubogini yutdi, ammo natijalar tezda yomonlashdi va pul bilan muammolar paydo bo'ldi — jamoa 2007 yilda tarqatib yuborildi. "Parma" o'shandan buyon A Seriya va B Seriya o'rtasida o'ynadi, 2014 yilda esa yana bir bankrotlikni boshdan kechirdi.


"Koshice", Slovakiya (1997/98)



"Koshice" CHL guruh bosqichiga chiqqan ilk Slovakiya klubiga aylandi. Mavsum yarim himoyachi Milan CHvirkaning avtohalokatga uchrashi bilan kechdi.


Klub tez orada inqirozga uchradi va yuqori ligadan tushib ketdi, shundan so'ng 2015 yilda "yo'qolib ketish uchun" qaytdi. 2018 yilda hozirda ikkinchi divizionda o'ynayotgan yangi "Koshice"ga asos solindi.


"Lers", Belgiya (1997/98)



Balki, Belgiyadan CHL guruh bosqichidagi ishtiroki eng kam malum bo'lgan jamoa. "Lers" CHL guruhida o'ynadi, ular bundan oldin deyarli 50 yil ichidagi ilk chempionliklarini qo'lga kiritishgandi.


Klub tarixidagi katta muvaffaqiyatlar bo'lmadi, 2018 yilda esa tarqatib yuborildi.


"Kayzerslautern", Germaniya (1998/99)



Otto Kexxagel aqlboqar qilmas ishni bajardi: "Kayzerslautern" ikkinchi Bundesligadan chiqqandan so'ng ilk mavsumidayoq chempionga aylandi. Bundan tashqari, nemislar CHLda "Benfika", PSV va Finlyandiyaning XIK jamoalari joylashgan guruhda etakchi bo'ldi. Ammo, "Kayzerslautern" pley-offda o'sha paytda MYU bilan buyuk finalni o'tkazgan "Bavariya"ga imkoniyatni boy berdi.


"Kayzerslautern" shundan so'ng pastga sho'ng'ishni boshladi, 2006 yilda Bundesligadan tushib ketdi, keyin ikki mavsumga qaytdi, ammo yana tushib ketdi — hatto uchinchi Bundesligaga qadar pastladi. Jamoa faqatgina o'tgan mavsumdagina ikkinchi ligaga qaytdi — to'rt yildan so'ng.


"Villem II", Niderlandiya (1999/00)



Niderlandiya qiroli sharafiga nomlangan klub hech qachon Niderlandiya futbolining bosh jamoasi bo'lmagan, ammo bir marta CHL guruh bosqichiga chiqib, so'nggi o'rinni olgan — undan yuqorida "Spartak", "Bordo" va Praganing "Sparta" jamoalari joylashgan.


"Villem II" o'tgan mavsum Erstediviziga tushib ketdi — ammo, oldingi yillarda u erda bittadan ortiq mavsum o'tkazmagan. SHunday ekan, katta ehtimol bilan tez orada qaytadi.


"Deportivo", Ispaniya (2004/05)



"Deportivo" to'qsoninchi va yangi asr boshlarida Ispaniyadan CHempionlar Ligasi guruh bosqichining doimiy ishtirokchilaridan bo'lgan, ular ikki marta chorak final, 2004 yilda esa yarim finalgacha chiqishgan. Ammo, kelasi mavsum "Superdepor" uchun CHLda kelasi 20 yildagi so'nggisi bo'ldi. 


"Deportivo" hozirda Ispaniyaning 3-ligasida o'ynamoqda va nostalgiya uzoq vaqtlar eslanadiganga o'xshaydi.


"Artmedia", Slovakiya (2005/06)



Slovakiyaning 2005 yildagi g'olibi CHL guruhida faqatgina bitta mavsum o'tkazgan — shundan so'ng biror evrokubokning guruhiga chiqmagan. "Artmediya" 2005 yilda guruhda "Portu"dan o'zib ketgan holda, uchinchi o'rinni egalladi.


Jamoa hozirda boshqa nom bilan ataladi — "Petrjalka" (bu klubning 124 yillik tarixidagi 18-nom)


"Tun", SHveycariya (2005/06)



Bu ro'yxatdagi ko'plab jamoalardan farqli ravishda "Tun" hech qachon chempion bo'lmagan, evrokuboklarga doim saralash orqali chiqqan. Jamoa o'zining yagona mavsumida Praganing "Sparta" jamoasida oldinga o'tib, ammo, "Arsenal" va "Ayaks"ni o'tkazib yuborgan holda, uchinchi bo'lgan.


"Tun" ko'plab jamoalardan farqli ravishda, CHLdan so'ng evrokuboklarga harakat qildi — masalan, 2019 yilda "Spartak"ga saralashda engildi. Ammo, mana uchinchi yildirki ikkinchi divizionga o'ralashib yuribdi.


"Gamburg", Germaniya (2006/07)



Bu ro'yxatda CHempionlar kubogini yutgan yagona ishtirokchi. Hozir ikkinchi Bundesligada ishtirok etmoqda — ketma-ket beshinchi yili hech bo'lmasa Germaniyaning oliy darajasiga qaytishga urinmoqda.


"Gamburg" 2006/07 yilgi mavsumdan beri CHempionlar Ligasida o'ynamaydi.


"Unirya", Ruminiya (2009/10)



"Unirya"ning umri juda qisqa, ammo yorqin bo'ldi — 14 minglik aholiga ega bo'lgan Urzicheni shahrining jamoasi 2006 yilda Ruminiyaning oliy divizioniga chiqdi, 2009 yilda esa Dan Petresku bilan chempionga aylandi, keyin esa CHL guruh bosqichiga chiqdi va 8 ochko jamg'argan holda, oldingi "Sevilya" va "Reynjers"ni o'tkazib yubordi.


Klub bir yil o'tib tarqatib yuborildi.


"Bordo", Franciya (2009/10)



"Bordo" — ushbu ro'yxatda yangi, sababi jamoa o'tgan mavsumda Liga 1'da edi. "Bordo" asr boshida bir necha bor CHL guruhiga chiqdi, ammo katta muvaffaqiyatlarga erishmadi, 2009 yilda esa so'nggi bor ishtirok etdi.


"Rubin", Rossiya (2010/11)



Qozonliklar yaqinda CHempionlar Ligasida zabt etgandek tuyuladi. Ular "Kamp Nou"da "Barsa"ni mag'lub etishgan va "Inter" bilan kuch sinashishgan. Ammo, Qurbon Berdiev jamoasining oltin davrlari ortda qolib ketgan.


Hozirda "Rubin" Leonid Sluckiy bilan 20 yilda ilk bor RPLda tushib ketgan.


"Bursaspor", Turkiya (2010/11)



Turkiyada chempion bo'lgan Istanbuldan bo'lmagan ikki jamoadan biri. Jamoa MYU, "Valensiya" va "Reynjers" bor guruhda so'nggi bo'ldi.


SHundan so'ng "Bursaspor" chempionatning o'rtamiyona jamoasiga aylandi, ikkinchi divizionga tushdi, o'tgan mavsum esa uchinchi ligaga ravona bo'ldi.


"Ocelul", Ruminiya (2011/12)



"Ocelul" CHLga birinchi va so'nggi bor Ruminiya chempionatini yutganidan so'ng chiqdi. Jamoa guruhda hech narsa bilan yodda qolmadi — 6ta o'yinda 0 ochko va to'plar nisbati -8.


"Ocelul" to'rt yil o'tib qarzlar sabab tarqatib yuborildi.


"Malaga", Ispaniya (2012/13)



"Malaga"ning CHempionlar Ligasidagi yagona ishtiroki esda qolarli bo'ldi: "Milan", "Zenit" va "Anderlext" joylashgan guruhda birinchi o'rin, pley-offda "Portu" ustidan g'alaba va "Borussiya" (Dortmund) bilan qo'shimcha vaqtlardagi gollar bilan triller.


"Malaga" besh yil o'tib moliyaviy muammolarni boshdan kechirgani sabab La Ligadan tushib ketdi va ketma-ket beshinchi bor Segundada o'ynamoqda.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика