CHex: "Mourino va Venger faqat bir narsada bir-biriga o'xshaydi"
08 avg 2015 18:14
Yangiliklar
CHex: "Mourino va Venger faqat bir narsada bir-biriga o'xshaydi"
"Arsenal" darvozaboni Petr CHex "to'pchilar" bosh murabbiyi Arsen Vengerni "CHelsi" ustozi Joze Mourino bilan solishtirdi.
"Mourino va Venger faqat bir narsada bir-biriga o'xshaydi - ikkalasi ham mag'lub bo'lishni yoqtirmaydi. Joze haqida gaprish oson, ammo Venger borasida qiyin, chunki men yangi murabbiy bilan juda kam vaqt birga ishladim. U bilan birinchi marotaba uchrashganimda hayratlandim.
Mavsumdagi vazifamiz? Birinchi o'rinni egallash uchun etarlicha o'yinlarda g'alaba qozonamiz deb umid qilaman. Buning iloji bor. O'tgan mavsumda "Arsenal" yaxshi ishtirok etdi, olg'a qadam tashlash vaqti etdi" - deydi CHex.
Fikrlar