CHex “Arsenal” ayollar jamoasini restoranga taklif qildi
20 fev 2019 20:17
Yangiliklar


CHex “Arsenal” ayollar jamoasini restoranga taklif qildi
Londonning “Arsenal” klubi posboni Petr CHex “kanonirlar” ayollar futboli jamoasini o'tgan yilgi mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazgani bilan tabrikladi, deya xabar bermoqda Sky Sports.
36 yoshli darvozabon ayollar jamoasini Londondagi restoranlardan biriga taklif etdi. Bu hayoda ayollar jamoasi yarim himoyachisi Daniele vann de Donk o'zining Instagramdagi sahifasida malum qildi. “Ushbu rasmni olish uchun uni o'zimiz bilan birga o'tirishga taklif etdik. Tadbir ajoyib o'tdi, ayniqsa Petr CHex bilan” deya izoh qoldirdi de Donk.
Eslatib o'tamiz, yanvarda CHex ushbu mavsum so'nggida faoliyatini yakunlashini malum qilgandi. Futbolchilik faoliyati davomida u CHexiyaning “Xmel” va “Sparta”, shuningdek, “Renn” va “CHelsi” tarkibida to'p tepgan. 2015 yildan u “Arsenal” sharafini himoya qilib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar