Cherchi: "Zaxira o'rindig'ida o'tirishni istamayman va qishda "Atletiko"ni tark etishim mumkin"
Aslanov Jasurbek
19 noya 2014, 11:26
"Atletiko" hujumchisi Alessio Cherchi qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkinligi haqida ta'kidladi.
"Yanvarda voqealar qanday rivojlanishini ko'ramiz. Hammasi men o'ynagan o'yinlarga bog'liq. Zaxira o'rindig'ida o'tirishni istamayman" - deydi Cherchi.
Cherchi Ispaniya chempionatining 4ta uchrashuvida maydonga tushib, birorta ham gol ura olmagan.