So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  42 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

CHempion aniq, ammo "fantastik to'rtlik"ka yana kimlar kiradi? Yangiliklar

CHempion aniq, ammo "fantastik to'rtlik"ka yana kimlar kiradi?

Evropa CHempionlar Ligasida omadli ishtirok etayotgan ingliz klublarining APLdagi kurashi haqida gaplashamiz.

“Arsenal” = 6 o'rin, 45 ochko (1 o'rindan — 27 ochko, 4 o'rindan esa — 7 ochkoga orqada)

Nega kuchli to'rtlikka kiradi?
Venger “Arsenal” APL top-4dan o'rin egallab, kelgusi mavsum CHempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishiga ishonchi komil. Biroq, “Kanonir”larning boshqa imkoniyati ham bor, yani “Manchester Yunayted” ko'z o'ngida Evropa Ligasida g'alaba qozonish. Lekin, janob Arsen ECHL yo'llanmasi uchun kurash aynan Premer-Ligada o'tkazilishi kerak deb turib oldi. Angliya CHempionati yakunlanishiga yana 11ta tur bor. SHunday ekan, “kanonir”lar zafar quchishiga hali umid bor. Axir, ular qishda tarkibni yaxshigina kuchaytirishdi: jamoaga Obameyang va Mxitaryan kelib qo'shildi, Ozil bilan shartnoma muddati uzaytirildi. Yangi o'yinchilar jamoaga moslashishiga mmalum vaqt kerak bo'ladi, lekin bu mag'lubiyatga uchrash uchun sabab bo'lolmaydi. Ayniqsa, “Arsenal”ni kutib turgan o'yinlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, jiddiy raqiblardan faqat “Manchester Yunayted” bilan birgina uchrashuv qoldi, xolos.

Nega kuchli to'rtlikka kira olmaydi?
“Arsenal” to'rtlikka kirish uchun tinimsiz o'z ustida ishlashi kerak, biroq mana bir necha yildirki bunga biroz etibor qaratmayapti. To'g'ri, tarkibda kuchli o'zgarish yuz berdi: Obameyang, Mxitaryan keldi, Ozil jamoani tashlab ketmadi. Ammo bir-ikki yil jamoaning asosiy haloskori deyilgan Sanches klubni tark etdi. Venger aytib o'tganimizdek, hamon APL top-4ligidan umidini uzmagan. Bu kurashda esa ruhiy tomonlama kuchli bo'lmagan klub uchun Evropa Ligasi ortiqcha bosh og'riq bo'lishi mumkin. Balki londonliklar ustozi o'tgan yil hamkasbi Mourino qilgan ishni takrorlagani yaxshiroqmidi... Yodingizda bo'lsa kerak, portugaliyalik murabbiy vaqtida APLdan foyda chiqara olmasligini tushundi va bor etiborni Evropa Ligasiga qaratdi. Yakunda klub muzeyi uchun yangi sovrin va ECHL yo'llanmasi ham karmonda. Hamma xursand, hamma baxtli edi.  


“Tottenxem” = 5 o'rin, 52 ochko (1 o'rindan — 20 ochko orqada, 6 o'rindan — 7 ochko yuqorida)

Nega kuchli to'rtlikka kiradi?
Maurisio Pochettino jamoa bilan ishlashda aniq va izchil yondashuvga ega, bu “shporlar” o'yinda muvozanatni saqlab turishlariga yordam bermoqda. “Tottenxem” bu mavsumda nafaqat “Arsenal” balki MYU va “Liverpul”, hattoki, CHempionlar Ligasida Madridning “Reali” ustidan g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. “SHporlar”ga raqib kim bo'lishining farqi yo'q, ular raqib tarkibidagi yulduzli nomlardan qo'rqishmaydi. Buni kuni-kecha CHempionlar Ligasi pley-off bosqichida “Yuventus” bilan bo'lgan bahsda ham kuzatdik. “Tottenxem” o'ziga ishonadi va muvaffaqiyat qozonish uchun o'z ustida ko'p ishlaydi. Bugungi kunda “shporlar” jamoaviy o'yin va ruhiy tomondan ko'plab raqiblarni ortda qoldiradilar.

Nega kuchli to'rtlikka kira olmaydi?
Ro'yxatimizdagi barcha jamoalar singari, dalillar raqiblar kuchiga qarshi chiqadi: kimdir doim kimdandir kuchliroq va omadliroq bo'ladi. CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatli ishtirok “Tottenxem”ning APLdagi ishlariga halal berishi hech gap emas. Tarixda bunga ko'p bor guvoh bo'lganmiz. “SHporlar” “Yuventus”dan o'tishlari kerak, axir guruhda CHempionlar Ligasining amaldagi g'olibi “Real Madrid” ham taslim qilingandi. Yani bugungi “Tottenxem” turinliklar bilan bemalol bellasha oladi. Biroq zaxira o'rindig'i bir necha frontda bir tekis kurash olib borish va klub oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun etarli darajada uzun emas. Bir necha kun oldin, nafaqat APLda balki butun dunyoda ham eng kuchli tarkiblardan biriga ega Pep Gvardiola intervyu berar ekan, “Bir nechta frontda kurash olib borib, ko'plab sovrinlarga ega chiqish uchun ikkita teng kuchli tarkib kerak”, dedi. Iqtidorli Pochettinoda esa arab shayxlarining pullari yo'q. SHunday ekan, CHempionlar Ligasi musobaqasi jamoa APLni omadli yakunlashi va “kuchli to'rtlik”ka kirish vazifasini bajarishidan chalg'ituvchi omil bo'lib xizmat qilishi mumkin. To'g'ri jamoa hozir yaxshi sport formasida. Ammo tasavvur qilib ko'ring, hozirgi tarkibdan Keyn, Alli, Erikson va Son Xyon Min maydonga tushmasa yoki tusha olmasa, kim gol uradi? Ular ham odam va hozirgi tempga (CHempionlar Ligasi o'yinlari esa ikki xissa ko'proq kuch talab qiladi) dosh bera olmasligi mumkin.


“CHelsi” = 4 o'rin, 53 ochko (1 o'rindan — 19 ochko, 3 o'rindan — 1 ochko orqada)

Nega kuchli to'rtlikka kiradi?
“CHelsi” yo'qotilgan ochkolari bo'yicha “Tottenxem”dan yuqorida. Kuni kecha, ular “Vest Bromvich” bilan to'qnashuvda ishonchli g'alaba erishganidan xabaringiz bor. Ammo, “Bornmut” va “Uotford” bilan bo'lgan bahslarda mag'lubiyatga uchragan edi. Londonliklar top-4da finishgacha borishlari uchun bor iqtidorlarini ko'rsatishlari kerak. Sababi, Antonio jamoaga bo'lgan tasirini butkul yo'qotgandek tasavvur paydo bo'lmoqda. Murabbiy xayolan yangi ish joyini tanlash bilan ovvoradek. Futbolchilar ham buni tushunib ulgurgan va buyog'iga “CHelsi” obro'si, o'z obro'lari uchun ter to'kishlari zarru. Ana o'shanda qo'yilgan maqsadga etiladi, ana o'shanda qanchalik kuchli bo'lmasin “Barcelona” ularni CHempionlar Ligasidan chiqarib yubora olmaydi. “Ko'k”larga nafaqat tajriba qo'l keladi, balki jamoani “uyg'otish” uchun 2015/16 yilgi mavsumda 10-o'rinni egallaganliklarini ham eslatib qo'yish zarur shekilli. Nima bo'lgan taqdirda ham o'yinchilar hech bo'lmasa, o'z kelajagi va CHempionlar Ligasi yangi mavsumidan chetda qolmaslik maydonga tushishi kerak. Zamonaviy futbolda esa CHempionlar Ligasidagi ishtirok yaxshigina “motivator” rolini bajarib beradi. Ko'ramiz, “aristokratlar” mavsumni qanday yakunlasharkin?

Nega kuchli to'rtlikka kira olmaydi?
Tobora bosh murabbiy Antonio Konte yog'da jamoani tark etishi oydinlashib bormoqda, hozir muxlislar va rahbariyatning bor umidi o'yinchilardan. Ammo murabbiylar shtabining taktik masalalar bo'yicha izchil harakatlarsiz “CHelsi” tuzoqqa tushib kolishi mumkin. “CHelsi” o'rtamiyona jamoalarga qarshi o'yinlardagi mag'lubiyatlardan so'ng, asosiy raqiblaridan ortda qola boshladi. Mavsum so'nggida londonliklar “Tottenxem” va “Liverpul”ga qarshi o'ynaydi. Jamoaning va o'sha raqiblarning hozirgi kundagi ahvolini hisobga oladigan bo'lsak, bu o'yinlardagi g'alaba va chempionatda kuchli to'rtlikdan joy olish juda qiyin masaladek...


“Liverpul” = 3 o'rin, 54 ochko (1 o'rindan — 18 ochko orqada, 5 o'rindan — 2 ochko yuqorida)

Nega kuchli to'rtlikka kiradi?
“Liverpul” “qancha yomon bo'lsa — shuncha yaxshi” shioriga tayanib ish ko'radi. Liverpullik Robin Gudlar “boylar”dan ochko olib, “kambag'allar”ga ulashishdan charchamaydi. Bugungi kunning eng kuchlilaridan biri bo'lgan “Manchester Siti”ni mag'lub etgan jamoa keyin “Suonsi”ga imkoniyatni boy berdi, etmaganiga Angliya Kubogida “Vest Bromvich”ni ham “o'zbekona lutf” bilan keyingi bosqichga o'tkazib yubordi.

Ammo “Liverpul” hujumdagi sermahsulligini hech kim va hech narsa yashira olmaydi. Koutinoning jamoani tark etganini ham hech kim eslab o'tirmayapti. Sababi Salax, Firmino, Mane va boshqalar bunga imkon qoldirishmayapti. Bu mavsumdagi asosiy o'yinchi shubhasiz — Salax. Kuni-kecha jamoa Portugaliyada “Portu”ni xafa qildi va keyingi bosqich tomon dadil qadam tashladi. Demak o'yinlar zichligi davom etadi. Hozirda ko'p narsa “qizillar” bahorga qanchalik yaxshi tayyorgarlik bilan o'tishlariga bog'liq. SHu sababli, APL etakchilari poygasining so'nggi fazasi juda qiziq bo'ladi.

Nega kuchli to'rtlikka kira olmaydi?
Agar “Liverpul”ning hujumkor o'yinchilari o'zlarining vazifalarini alo darajada bajarsalar ham Van Deyk sotib olinganiga qaramay, bazan himoya pand bermoqda. Top-6talikda “qizillar”dan yomonroq klub  faqatgina “Arsenal”. Klopp jamoasining o'yini anchagina jismoniy kuch talab qiladi. SHunday ekan, mavsum so'nggidagi o'yinlar va jarohatlar sifatga o'z tasirini ko'rsatishi mumkin. Bo'shashishga hali erta, lekin tavakkal qilish kerak. Xayolan “Portu”ni ortda qoldirgan Klopp shogirdlari bosh sovrin haqida orzu qilishni boshlab yuborgan bo'lsalar ne ajab. Bu esa o'z o'rnida APL o'yinlariga bo'lgan etiborni etarli bo'lmasligiga olib kelishi mumkin.


“Manchester Yunayted” = 2 o'rin, 56 ochko (1 o'rindan — 16 ochko orqada, 5 o'rindan — 4 ochko oldinda)

Nega kuchli to'rtlikka kiradi?
Mourino yakka o'yinlarda xato qilishi mumkin, biroq bunday jiddiy o'yinlarda bunga aslo yo'l qo'ymaydi. Bir yil avval MYU CHempionlar Ligasidan chetda qolgandi. Joze bu safar Evropa Ligasida g'alaba qozonib, bunga echim topdi. Hozir ichki chempionat orqali klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqaga yo'llanmani qo'lga kirish imkoniyati bor. Agar Mourino shogirdlari oxirgi ikki hafta ichida “Tottenxem” va “Nyukasl” bilan o'tgan bahslarda mag'lubiyatga uchramaganida, MYUning hozirgi holati ancha yaxshilangan bo'lardi. Biroq, Mourino nimanidir qurbon  qilish kerak bo'lsa ham, o'z maqsadiga erishishga o'rgangan.

Nega kuchli to'rtlikka kira olmaydi?
“Manchester Yunayted” hozir o'ziga qulay vaziyat yaratib olgan. Lekin, mankunianliklar buyog'iga bo'shashmasliklari zarur. Mourino o'z uslubiga sodiq qolib, o'z shogirdlaridan bir “omadli”sini barchasida aybdor qilishda davom etayapti. Omadsiz o'yinlar, kutilmagan natijalar MYU da ham uchrab turibdi. Bugungi kunga kelib, faqatgina “Manchester Siti” chempionatdagi o'rni haqida qayg'urmay, bor kuchini ECHLga sarflashi mumkin.


“Manchester Siti” = 1 o'rin, 72 ochko (2-o'rindagi jamoani 16, 5-pog'onadagi klubni 20 ochkoga ortda qoldirmoqda)

Nega kuchli to'rtlikka kiradi?
Agar osmon erga qulab tushmasa, “Manchester Siti” bahorda albatta Angliya chempionatining g'olibi bo'ladi.

Nega kuchli to'rtlikka kira olmaydi?
Fikrimizcha, to'rtlikka kira olmasligiga hech qanday asos yo'q. Top-4 qatorida bo'lmasligi uchun nimadir yuz berishi haqida o'ylashning o'zi g'alati...

Mavsum so'ngida APLda kuchli to'rtlik tahminiy ko'rinishi:
1. “Manchester Siti”. 2. “Manchester Yunayted”. 3. “Liverpul”. 4. “Tottenxem”.

“Manchester Siti” poziciyasiga hech narsaga tahdid qilayotgani yo'q. MYU va “Liverpul” esa o'z o'rnini saqlab qola olish uchun esa kuchi etadi. Ehtimol, turnir jadvalidagi o'rinlarini almashib olishar. Vaziyatga etibor beradigan bo'lsak, kurash kuchli to'rtlikka kirish uchun bo'lishini tahmin qilishimiz mumkin. Biroq “Arsenal” bu bahsda ishtirok etmaydi chog'i. Haqiqiy kurash “Tottenxem” va “CHelsi” o'rtasida bo'lsa kerak.

Siz nima deb o'ylaysiz?


Nozima Zaripova

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика