“Chelsi”ning yanvardagi asosiy transfer maqsadi ma'lum bo'ldi

7 yanv 2020, 08:15
“Ko'klar” hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Frenk Lempard “Chelsi” rahbariyatiga qishki transferlar vaqtida hujumchi sotib olish kerakligini etkazgan. Murabbiy Gabigolni sotib olishni so'ragan. Braziliyalik hujumchi “Flamengo”dagi o'yinlari sabab Lempard e'tiborini tortgan. Uning transfer huquqi esa “Inter”ga tegishli.

Avvalroq Londonning boshqa bir klubi “Vest Xem” ham Gabigolni o'z safiga qo'shib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com