“CHelsi”ning barcha legionerlari Londonga qaytdi
05 may 2020 08:31
Yangiliklar


“CHelsi”ning barcha legionerlari Londonga qaytdi
Klub mavsum qaytadan boshlanishiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Koronavirus pandemiyasi vaqtida karantinni Londondan tashqarida o'tkazayotgan “CHelsi” legionerlari klub ixtiyoriga qaytib keldi.
Londonga Kepa, Villian, Mateo Kovachich, Pedro, Markos Alonso, Emerson, Andreas Kristensen va Kristian Pulishich qaytgani xabar qilinmoqda. Endi ular mashg'ulotlarga kirishishga ruxsat berishlarini kutadi.
Eslatib o'tamiz, APLda tanaffus elon qilingunga qadar “CHelsi” 29-turdan so'ng musobaqa jadvalida 4-o'rinni band etib turgandi.
Malumot uchun, APLda mavsum iyundan boshlab davom ettirilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar