"CHelsi"ni tark etib xato qilibman" - Sarri
24 noy 2023 12:41
Yangiliklar
"Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri 4 yil oldin "CHelsi"dan ketganini xato edi deb hisoblaydi.
"Yuventus"da ular mendan CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishimni talab qilishdi, rahbariyatning topshirig'i aniq edi. Men skudettoni eng yaxshi yillari o'tmishda bo'lgan jamoa bilan qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldim. Rahbariyat o'yin uslubini o'zgartirmoqchi edi, ammo ularda qatiyat etishmadi.
Faqat shuni aytishim mumkinki, men "CHelsi"ni tark etib xato qildim. Italiyaga qaytish men tomondan noto'g'ri qaror bo'ldi", – dedi mutaxassis.
Sarri "Yuventus"ga o'tishdan oldin 2018 yildan 2019 yilgacha "CHelsi"ni boshqargan. Mutaxassis "Lacio"da 2021 yildan buyon ishlab kelmoqda.
Fikrlar