"CHelsi" "Verona" futbolchisi uchun 23 mln evro taklif qiladi
27 mar 2020 01:11
Yangiliklar
"CHelsi" "Verona" futbolchisi uchun 23 mln evro taklif qiladi
Markaziy himoyachi uchun Milanning "Inter" klubi ham davogarlik qilmoqda.
"Verona" va Albaniya terma jamoasi himoyachisi Marash Kumbulla faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. "CHelsi" rahbariyati futbolchi uchun 23 million evro taklif qilishga tayyorligi aytilmoqda.
SHuningdek, "Inter" albaniyalik futbolchi uchun London klubiga raqobat tug'dirishi kutilmoqda. "Neradzurrilar" ayni paytda ijara asosida "Verona"da to'p tepayotgan himoyachi Federiko Dimarko va yarim himoyachi Eddi Salsedolarni ham bitimga qo'shishi mumkin.
Malumot uchun, 20 yoshli Kumbulla "Verona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 19 o'yinda maydonga tushib, 1ta golga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar