"CHelsi" so'nggi to'rt yil ichida ilk marotaba "Tottenxem"ga mag'lub bo'ldi
26 fev 2023 21:10
Yangiliklar


"CHelsi" so'nggi to'rt yil ichida ilk marotaba "Tottenxem"ga mag'lub bo'ldi
Angliya Premer-ligasining 25-turidan o'rin olgan "Tottenxem" - "CHelsi" bahsi bo'lib o'tdi.
Yakshanbada o'tkazilgan bahsda Grem Potter jamoasi "shporlar"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
"CHelsi" bungacha oxirgi marta "Tottenxem"ga 2019 yilning 8 yanvarida Angliya liga Kubogida 0:1 hisobida taslim bo'lgan edi.
Gap o'yinning asosiy vaqti haqida ketmoqda, chunki 2020 yilning sentyabrida o'tkazilgan bahsda jamoalar 1:1 hisobida durang qayd etishgan va penaltilar seriyasida "Tottenxem"ning omadi kelgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar