"CHelsi" futbolchisi karantin qoidalarini buzdi
16 mar 2020 12:04
Yangiliklar


"CHelsi" futbolchisi karantin qoidalarini buzdi
Oldinroq, "CHelsi"ning barcha o'yinchilari ikki haftalik karantinga olingan edi.
Jamoa hujumchisi Kallum Xadson-Odioda koronavirus aniqlanganligi sabab futbolchilar karantinga olingan edi.
Xabarlarga ko'ra, Mauntni London ko'chalarida ko'rishgan. U "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays bilan aylanib yurgan edi.
Tez orada "CHelsi" yosh o'yinchini jarimaga tortadi.
Eslatib o'tamiz, Maunt va Rays birgalikda Angliya terma jamoasida to'p tepishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar