So’nggi yangiliklar

18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  0 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  0 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  1 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  8 16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  6 15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0 15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  2 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  31 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  4 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  1 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  25 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  2

CHandiq yuz, CHingizxon, gnom va yig'loqi Ronaldu Yangiliklar

CHandiq yuz, CHingizxon, gnom va yig'loqi Ronaldu

Futbol olamidagi qiziqarli, g'alati va o'ziga xos laqablar haqida suhbatlashamiz.

Maktabdagi sinfdoshingizni laqabini bilasiz, lekin jahon futboli yulduzlarinikini-chi? Mashg'ulot jarayonida, o'yin vaqtida va maydondan tashqarida futbolchilar bir-birlarini qanday chaqiradilar? Kimning qanday laqabi bor, hech qiziqib ko'rganmisiz? 


Oliver Kan — CHingizxon, Gorilla
Birinchisi — familiyasiga mos kelgani uchun, ikkinchisi — germaniyalik posbonning tashqi ko'rinishi va vajohati tufayli.

Yan Koller — Dinozavr (Dino)
Bo'yi ikki metr bo'lgani uchun.

Perluidji Kollina — Fantomas
Mashhur hakam bir qarashda o'sha kino-qaxramonini eslatib yubormaydimi?

Marko Materacci — Matrica
Familiyasi sababli.

Aleksey Smertin —Rasha
Rossiya termasi sardorini "CHelsi"da shunday chaqirishgan.

Aleksandr Anyukov — AN-22
AN — ANyukov. 22 — futbolchining raqami.

Yuriy Jirkov — Nikulin
Mashhur masxarabozga tashqi ko'rinish jihatidan o'xshashi sabab.

Diniyar Bilyaletdinov — Belyash
Familiyasi sababli.

Ronald Kuman — Oq gorilla (gorilla albinos). Bu laqab Kuman "Barselona" safida o'ynab yurgan vaqtlarda paydo bo'lgan. Barchasiga sabab Ronaldning malla sochlari edi, 90-yillar boshlarida Barselona "zooparki"ning eng mashhur vakillaridan biri aynan "Snejinka" laqabli gorilla-albinos edi. Ana shunday qilib inson maymundan ism oldi.

Pol Gaskoyn — Alkash. Iqtidorli va butkul o'zgacha xarakter sohibi bo'lgan angliyalik yarim himoyachi Gazza, yani Pol Gaskoyn, tor doira vakillari uchun "Alkash" laqabi bilan keng mashhurlikka erishgan. Afsus, bu uning futboldan tashqaridagi asosiy ovunchog'i nima ekanligidan darak beradi.

Karlos Bilardo — Burun. "Estudiantes" sobiq xavbeki va Argentina terma jamoasi sobiq ustozining ushbu tana azosi chindan o'ziga xosligi bilan kishi etiborini tortadi.

Toni Adams — Eshshak. Evro-1988 musobaqasida Toni qanchalik harakat qilmasin, Marko van Bastenni to'xtatib qola olmaydi. Raqibi o'sha kuni inglizlar darvozasiga uchta gol uradi. Angliya terma jamoasi muxlislari alamdan Adamsni "Eshshak" deb aytishadi va ushbu laqab Londonning "Arsenal" klubi sardorini faoliyatining so'ngiga qadar tark etmaydi. "Kanonirlar" raqiblari Tonini "Ia-a-a!" degan hayqiriqlar bilan kutib olishardi. Umuman olganda, Adam bu holatga tabassum bilan javob qatarardi:

Nima qilibdi? Menga ushbu jonivor yoqadi! Eshshaklar mehnatsevar va mehribon bo'lishadi, xuddi men kabi!

Ueyn Runi — SHrek. Bu erda ortiqcha izohga hojat yo'qdek.

Devid Bekxem — Spice Boy
Futbolchining turmush o'rtog'i — Viktoriya uzoq vaqt Britaniyaning mashhur pop-guruhi "Spice Girls" tarkibida faoliyat yuritgani sabab.

Frank Riberi — CHandiq yuz. Frank endigina ikki yoshga to'lganida oilasi avtofalokatga yo'liqadi. Bolakay yuzi bilan mashina oynasiga borib uriladi va bir umr chandiq bilan qoladi. Vaqt o'tgach Riberi chandiqlar uni ajralib turishini taminlashini aytadi va jarrohlik amaliyotiga murojaat qilishdan bosh tortadi.

Andres Inesta — Kasper. Andresning shaxsiy muxlislari uni sehrgar deb atashadi, ammo Inesta haqiqiy laqabini terining haddan ziyod oq bo'lgani sabab oladi.

Lionel Messi — Gnom va Xobbit. Ko'plab manbaalarda oltita "Oltin to'p" sohibini — Burga yoki atom burgasi deb ham atashadi. Faoliyatining dastlabki yillarida jurnalistlardan biri Leoni maqolasida "El Poxo" — bu nomga o'nlab (bo'yi past bo'lgan) argentinaliklar sazovor bo'lishgan. Xalq orasida Messini ko'proq Gnom yoki Xobbit deb chaqirishadi.

Krishtianu Ronaldu — Yig'loqi yoki Penaldu. Ism-familiyasi qisqartmasidan bir nechta variant mavjud. Ulardan biri CR7 brendga aylanib ulgurgan. Portugaliya nashrlarida Ronalduni "Madeyralik afsungar" deb atashlari mumkin, lekin futbol olamidagilar Krishtianuni agar ismi bilan chaqirmasa, umuman boshqacha chaqirishadi: Yig'loqi yoki Penaldu. Birinchisi Evropa chempionati finalida Greciyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin paydo bo'lgan bo'lsa, ikkinchisi familiyasi bilan bog'liq. Biroq ularning har ikkisi ham futbolchiga yoqmasligi turgan gap.

Ronaldino — Ja-Ja Binks. Afsungar, Portu-Alegrilik sehrgar — Ronaldinoga jamoadoshlari aynan shunday murojaat qilishgan. Umuman olganda braziliyalik futbolchini tashqi ko'rinishi "Yulduzlar jangi"dagi qaxramonga o'xshashligi tufayli Ja-Ja deb ham atashgan. Qaysidir jihatlari chindan o'xshab ketarkanmi?

Xo'sh, siz mashhur futbolchilardan yana kimlarning laqabini bilasiz?



Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика