CHalxanoglu "Milan"da qoladi(mi)?
24 fev 2021 23:24
Yangiliklar


CHalxanoglu "Milan"da qoladi(mi)?
Futbolchi "Milan" bilan yangi shartnoma bo'yicha bir to'xtamga kelishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, futbolchining agenti jamoa sport direktori Paolo Maldini bilan uchrashgan. Muzokaralar davomida yangi shartnoma shartlari kelishib olingan.
Turkiyalikning "Milan" bilan shartnomasi 2025 yilgacha uzaytirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, "rossonerilar" yarim himoyachiga yiliga 4 million evro maosh taklif qilishgan, CHalxanogluning o'zi esa undan bir million evro ko'proq maoshni istamoqda.
Xavbek joriy mavsumda barcha turnirlarda 28 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani namoyish qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar