CAFA U-15 Boys Tournament: Afg'oniston ishonchli tarzda Tojikistonni mag'lubiyatga uchratdi
04 iyu 2017 11:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/262546_original.jpg)
![](/upload/storage/262546_220.jpg)
CAFA U-15 Boys Tournament: Afg'oniston ishonchli tarzda Tojikistonni mag'lubiyatga uchratdi
Avval xabar berilganidek, O'zbekiston o'smirlar termasi Qirg'iziston U-15 futbolchilari bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Turning ikkinchi o'yinida mezbon Tojikiston va Afg'oniston o'smirlari bahs olib bordi. O'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqaruvida o'tkazilgan o'yinda afg'onistonlik yosh futbolchilar 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Turkmaniston U-15 mazkur turda dam oldi.
1-turdan keyin Afg'oniston o'smirlar termasi to'plar nisbati bo'yicha yaxshiroq natija qayd qilgan holda 1-o'rinda bormoqda. O'zbekiston U-15 termasi hozircha ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
CAFA U-15 Boys Tournament
Tojikiston, Dushanbe
3 iyul, dushanba
Afg'oniston U-15 – Tojikiston U-15 - 3:1
Gollar: Fardin Nosiri (2), Sayid Ashgur Husayni (83, 90+6) – Fayziddin Nazarov (41)
Ogohlantirish: Fardin Nosiri (7)
Bosh hakam: Jasur Muxtorov (O'zbekiston).
Qanot hakamlari: Baxtiyor SHavkatov, Sultonmurod Ulfatov (ikkisi – O'zbekiston).
Zaxira hakami: Spartak Danilenko (Qirg'iziston).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar