Buxoroga uch nafar yangi futbolchi qo'shildi
02 fev 2020 11:00
Yangiliklar


Buxoroga uch nafar yangi futbolchi qo'shildi
Buxoroliklar o'quv-yig'in mashg'ulotlarinp ayni damda Toshkentda olib bormoqda.
Poytaxtimizdagi muhtasham «O'zbekiston» mehmonxonasi jamoa uchun vaqtinchalik qarorgoh vazifasini bajarib kelmoqda. Bosh murabbiy Muhsin Muhammadiev tarkibni kuchaytirish uchun, boshqa klublardan yangi futbolchilarni taklif etmoqda. Xususan, o'tgan mavsum AGMK da o'ynagan Zohir Pirimov va Jasur Hakimov buxoroliklar tarkibida ko'rinish berdi. Undan tashqari yaqinda «Lokomotiv» bilan xayrlashgan Azizbek Amonov ham jamoaga qo'shildi.
O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan ikki legioner - Kapor va Lipartiya ham bugungi kunda «Buxoro» safida ekanligini aytish lozim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar