"Buxoro": Qarzdorliklar bugun to'liq bartaraf etiladi
10 noy 2022 13:42
Yangiliklar
"Buxoro": Qarzdorliklar bugun to'liq bartaraf etiladi
Sal avval "Buxoro" klubi matbuot xizmati bunga javoban quyidagi xabarni chop etdi:
"Buxoro" futbol klubi 2022 yil 7 oktyabr kuni O'zbekiston futbol associaciyasi futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi yig'ilishining BAYONI # 10-04 dan xabardor etilgan. Bayonnomada jamoamizda o'tgan yil va ushbu mavsumning birinchi davrasida jamoamizda to'p tepgan bir qator futbolchilardan qolgan qarzdorlik borligi ko'rsatib o'tilgan bo'lib, ushbu muammo bir oy ichida bartaraf etilishi belgilangan. Bunga javoban "Buxoro" jamoasi ushbu qarzdorlikni ikki marta, yani 15 noyabr yarim summani va 15 dekabr qolgan summani to'lab berishi haqida murojaat qilgan edi.
"Buxoro" futbol klubi rasman shuni malum qiladiki, ushbu qarzdorliklar bugun, yani 10 noyabr 2022 yil ish kuni yakuniga qadar to'liq bartaraf etiladi", – deyiladi xabarda.
Eshitdik-da! "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Buxoro"dan uch ochko olib tashlanishi mumkin
Fikrlar