"Buxoro" - "Paxtakor". 4 yildan so'ng oliy liga o'yiniga 20 mingdan ziyod odam keldi
02 apr 2016 11:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203441_original.jpg)
![](/upload/storage/203441_220.jpg)
"Buxoro" - "Paxtakor". 4 yildan so'ng oliy liga o'yiniga 20 mingdan ziyod odam keldi
Kecha oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda 0:0 hisobi qayd etildi. Uchrashuvni tomosha qilish uchun "Buxoro" stadioniga 22571 muxlis keldi.
Bu 2016 yilgi mavsumda eng ko'p tomoshabin kelgan o'yin bo'ldi. Bundan oldingi rekord ham Buxorodagi o'yinda qayd etilgandi. 1-turdan o'rin olgan "Buxoro" - "Olmaliq" uchrashuviga 18352 muxlis kelgandi.
Malumot uchun, oliy liga o'yiniga so'nggi bor 20 mingdan ortiq muxlis 2012 yilda kelgan. O'sha mavsumning 1-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuviga 22065 tomoshabin tashrif buyurgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar