So’nggi yangiliklar

16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  3 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  17 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  6 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  6 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4

“Buxoro” futbol klubi SHahram G'iyosovni tabriklaydi! Yangiliklar

“Buxoro” futbol klubi SHahram G'iyosovni tabriklaydi!

Xabaringiz bor, yaqinda Germaniya davlatida boks bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Rio Olimpiadasi sovrindori hamyurtimiz SHahram G'iyosov Gamburg shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionatida final jangini o'tkazdi.
Sportchimizga hal qiluvchi jangda kubalik Roniel Iglesias raqiblik qildi. SHahram jangni ko'tarinki ruxda o'tkazdi va yakunda 5:0 hisobida g'alaba qozonib, jahon chempionligini qo'lga kiritdi.
SHahramning ushbu yutug'i shubhasiz mamlakatimiz dovrug'ini yana bir bor butun dunyoga taratdi. Jahon chempionatida nafaqat G'iyosovni balki boshqa bokschilarimizning ham ijobiy ishtiroki, xalqaro maydonlarda munosib qatnasha oladigan iqtidorli sportchilar avlodi voyaga etayotganini butun dunyoga ko'rsatib qo'ydi.
O'zbekiston va Buxoroni o'g'loni bo'lmish SHahram G'iyosovni qo'lga kiritgan oltin medali barcha hamyurtlarimiz qatori, “Buxoro” futbol klubi azolarini ham behad quvontirdi. Ochig'ini aytganda, SHahramning har bir o'tkazgan janggi jamoamiz azolarining diqqat markazida bo'ldi. SHukurki, G'iyosov finalgacha etib bordi va unda tajribali raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
SHu munosabat bilan “Buxoro” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, ishchi-xodimlar hamda minglab buxorolik futbol ishqibozlar nomidan SHahram G'iyosovni qo'lga kiritgan ulkan sovrini bilan samimiy muborakbod etib qolamiz! Uning kelgusi faoliyatida yanada omad va zafarlar yor bo'lishini Yaratgandan tilab qolamiz!
SHahram Oltin medaling muborak bo'lsin! Biz Sen bilan doimo faxrlanamiz!


“Buxoro” futbol klubi mamuriyati.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика