So’nggi yangiliklar

23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  0 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  5 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  7 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1

“Bursaspor”: SHohsupadan quyi ligaga Yangiliklar

“Bursaspor”: SHohsupadan quyi ligaga

Teglar :  BursasporAli Akman
Yangi yilning avvalida o'zbek klublarining cho'ntagiga kattaroq pul tushib qolsa, ertani o'ylab maqsadli sarflash o'rniga, bugungi natijani yaxshilashga urinib, havoga sovurishi haqida yozgandik.

Albatta, maqsadlarning hamma vaqt katta bo'lgani yaxshi, lekin o'zbek tilida “ko'rpa”, “oyoq” singari tushunchalar ham yo'q emas-da. Bugun “ko'rpa bilan oyoq” masalasini Turkiyaning “Bursaspor” klubi misolida tushuntirib berishga harakat qilamiz.

Turk Superligasini kuzatadigan muxlislar yaxshi bilishadi, musobaqaning 62 yillik tarixi davomida Istanbuldan bo'lmagan faqat 2 klub chempionlikni tantana qilishga erishgan. Bulardan biri “Trabzonspor”, boshqasi “Bursaspor”. Trabzonliklar chempionlik tamini tuymaganiga 37 yil to'ldi, bursaliklar esa 11 yil oldin triumfga ko'tarilishgan edi.

“Bursaspor” 2009-2010 yilgi mavsumni o'ziniki qildi, biroq kelasi yildan natijalar pasaya bordi va 2019 yilga kelib jamoa quyi ligaga tushib ketdi. Sabab nimada edi?

Gap shundaki, “Bursaspor” rahbariyati ham qo'liga pul tushib qolgach “shaytonlab qoldi”. Klub 1 marta chempion bo'lish uchun 2008 yilning yozidan 2010 yilning qishiga qadar 51 nafar o'yinchi bilan  shartnomani bekor qildi va har gal ularning o'rnini yangi nomlar bilan to'ldirdi. Bu hol keyingi yillarda ham davom etdi. Jamoa har gal mavsumni ko'tarinki kayfiyatda boshlar, etakchilar qatorida borar edi. Lekin doim mavsum o'rtasiga borganda Bursada yulduzlar maoshini to'lash uchun mablag' qolmagani haqida gaplar chiqaverdi. Mavsumning ayni shu qismidan keyin natijalar pasayar, yakunda klub moliyaviy yilni qarzdorlik bilan yopar edi. SHu-shu, klubning natijalari yildan yilga pasaydi, lekin rahbariyat “yulduzsevarlik” kasalidan qutula bilmadi. Bu oxir-oqibat jiddiy moliyaviy inqiroz bilan yakunlandi va “Bursaspor” ayni paytda Turkiya 2-ligasida 10-o'rinni egallab turibdi (Allaqanday 10 yil ichida turk grandi 2-liganing o'rtamiyona jamoasiga aylanib qoldi).

Xullas, quyi ligaga tushganidan keyin klub rahbariyatida o'zgarish bo'ldi – “yulduzsevar” Ali Oy o'rnini Masud Maston egalladi. Mos ravishda jamoaning siyosatida ham o'zgarish ro'y berdi: nihoyat, oxirgi 15 yilda ilk bor akademiyaga etibor oshdi. Bu ilk mavsumda o'z mevasini berdi. O'tgan mavsum “Bursaspor” safida 17 yoshli Ali Akman porladi. 2002 yilda tug'ilgan yigitchaga “yangi Ronaldu” deb tarif berildi. Har 2 oyoqda kuchli zarba bera oladigan  markaziy hujumchi joriy mavsum 18 o'yinda 10 gol urdi, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Bugun mazkur klubga to'xtalishimizga sabab yaqinda turk matbuotini “portlatgan” xabar hisoblanadi.  Barcha turk futbolining kelajagi sifatida qarayotgan Ali Akman fevral oyining boshida Frankfurtning “Aytraxt” klubi bilan shartnoma imzoladi. Iyun oyida “Bursaspor” bilan shartnomasi yakunlanadigan futbolchi Bundesligaga erkin agent sifatida yo'l oladi va bu normal holat. Lekin bundan xabar topgan bursaliklar rahbariyati o'ta kulgili qarorini elon qildi. Go'yo iqtidorli futbolchi xiyonatda ayblandi va mavsum oxiriga qadar boshqa maydonga tushirilmasligi malum qilindi. Albatta, rahbarlar aqlliroq bo'lsa, 18 yoshli o'smirga araz qilish o'rniga oldinroq shartnomani uzaytirish haqida o'ylab ko'rishardi...

Etibor qiling, “Bursaspor” 2008-2018 yillarda bor pulini 1 yillik yulduzlarga sarfladi. Keyin ilojsizlik tufayli akademiyaga etibor qaratdi. Bu 1 yildayoq o'z samarasini ko'rsatdi. Klub rahbariyati erkin agent sifatida ketayotgan Ali Akmanni yozgi transferlar mavsumida 15 mln evroga “pullashi” mumkin edi. Biroq...

Yaqinda “Goal” portali Ali Akman haqida material elon qildi. Unda 18 yoshli forvard Agueroga qiyoslangan va yaqin kelajakda “ko'hna qita” grandlari safida paydo bo'lishi taxmin qilingan. Bursaspor akademiyasi shunday o'yinchini etishdirdi, lekin masullarning etiborsizligi tufayli tekinga qo'yib yubordi.


Braziliya termasining sobiq sardori Falkaoning aytganidek, futboldagi eng jiddiy so'qirlik — faqat to'pni ko'rish. Lotin Amerikasi futbolining darg'asi shunday demoqchi:  Birodarlar, futbol faqat maydon ichida kuzatadiganingiz 90 daqiqadan iborat emas. To'g'ri, siz bundan bexabarsiz. Lekin sizdek tanballar uchun minglab tayyor andozalar bor. SHunchaki, ko'zingizni kattaroq ochib yon-atrofga qarasangiz kifoya. 

Umid qilamizki, tez orada turk futboli masullari Falkaoning so'zlaridan xabar topib, ertangi kun haqida o'ylashni ham boshlashadi.

Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика