So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Rossiyadagi xalqaro turnir sovrindori Yangiliklar

“Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Rossiyadagi xalqaro turnir sovrindori

Teglar :  Bunyodkor
13-18 noyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida K.I.Beskov xotirasiga bag'ishlangan XII xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.

Moziyning ajoyib futbolchisi va murabbiyi bo'lmish Konstantin Ivanovich Beskov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqada 2004 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat sakkizta jamoa ishtirok etdi. Unda “Spartak”, “Dinamo”, “Lokomotiv” va CSKA (barchasi – Moskva), “Anji” (Mahachqalal), “Kuban” (Krasnodar), “Bunyodkor” (Toshkent) hamda Egorevsk viloyati futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Otabek G'ulomxo'jaev va Mirkamol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari birinchi turda “Lokomotiv” futbolchilariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Ikkinchi bahsda o'smirlarimiz CSKA futbol maktabidagi tengqurlari bilan jangavor durang qayd etishdi – 2:2. Vakillarimiz guruhning so'nggi o'yinida Egorevsk viloyati futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan 2:1 hisobida ustun kelishdi va ikkinchi o'rin bilan yarim finalga yo'llanma olishdi.

Final yo'llanmasi uchun “Bunyodkor-2004” vakillari Moskva spartakchilari bilan kuch sinashishdi. Qiziqarli kechgan bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad mezbonlarga kulib boqdi – 5:6.

Uchinchi o'rin uchun kechgan o'yinda “Bunyodkor” guruh bosqichidagi raqibi “Lokomotiv” bilan bellashdi. Bu safar Otabek G'ulomxo'jaev va Mirkamol Qosimov shogirdlari raqiblaridan revansh olishni uddasidan chiqishdi – 4:3.

SHu tariqa, “Bunyodkor” futbol maktabining 2004 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari K.I.Beskov xotirasiga bag'ishlab Moskvada o'tkazilgan XIII xalqaro musobaqaning bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика